3. Soliq bo‘yicha operatsiyalarni hisobga olish
2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi
subektlarda qo‘llaniladigan yangi schyotlar rejasida byudjet bilan olib boriladigan
operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari
schyotlar belgilangan bo‘lib, ular quyidagilar:
Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda
solig‘i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i»; 4410
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy
to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha
kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar»; 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha
qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha
uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810
«Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va
yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlarni o‘z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan
bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)»
schyotlar kiradi.
36
Yuqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalar turlicha. Bu vazifalarni
buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to‘g‘ri foydalanishlari zarur.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i» schyotida hisobot
davrida to‘lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. Shu bilan birga ushbu
summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan
chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo‘shib Foyda
solig‘iga tortiladi.
4410 «Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotida bo‘nak
soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo‘yicha hisoblashish
hujjatlarida alohida ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobga olinadi.
4410 schyotida yig‘ilgan soliq summalarini hisobdan chiqarish tartibi qonuniy va
me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobida 4410 «Byudjetga soliqlar
va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi
buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va
hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga (zachetga) qabul qilinganda: D-t 6410
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz», K-t 4410 «Soliqlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari»
schyoti.
Amaldagi Nizom qonunchiligi asosida soliqlar bo‘yicha imtiyozlar berilgan quyidagi
xo‘jalik subektlariga tegishli:
1
- soliq, bojxona va majburiy to‘lovlardan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan
mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltiradigan xo‘jaliklar;
- soliq to‘lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan mablag‘larni
maqsadli foydalanishga yo‘naltirmaydigan xo‘jaliklar.
Chunonchi, 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentning Farmoni bilan Respublikada maxsus klinikalar va tibbiy markazlar tashkil
etildi.
Davlat
tomonidan
qo‘llab-quvvatlash
maqsadida
ushbu
respublika
ixtisoslashtirilgan markazlari o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan tibbiyot uskunalari va
asboblari uchun 2003 yilning 1 martidan to 2012 yilning 31 dekabrigacha 10 yil
muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona to‘lovlari/bojxona rasmiylashtiruvi uchun
yig‘imlardan tashqari/to‘lashdan ozod qilinib, bushaydigan mablag‘lar Markazlarni
rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.
Bunday maqsadlar uchun byudjetga to‘lashdan ozod qilingan soliqlar summasi
Moliyviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettiriladi, demak korxonaning
Moliyviy natijalarini shakllanishiga ta’sir qiladi.
Byudjetga soliq to‘lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo‘yicha 8840
«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi.
Ayrim xo‘jalik yurituvchi subektlar foydadan ajratma solig‘idan qonunchilikka
binoan vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtlarda umumiy
belgilangan tartibda hisoblangan foydadan ajratma solig‘i summasiga quyidagicha yozuv
rasmiylashtiriladi: D-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti bo‘yicha ochilgan «Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar»
schyoti.
Ushbu hisoblangan soliq summasi byudjetga o‘tkazilmaydi, balki maqsadli
1
«Soliqlar, boj va majburiy to‘lovlarni byudjetga to‘lash bo‘yicha yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va
buxgalteriya hisobida aks ettirish to‘g‘risida»gi Nizom. 2002 yil 22 iyunda O‘zR Adliya vazirligi tomonidan 1155-son bilan
ro‘yxatga olingan.
37
foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o‘tkaziladi: Dt 6410 «Byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarz» schyoti bo‘yicha ochilgan «Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar»,
8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari» schyoti.
8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo‘yicha soliqlardan ozod qilish
natijasida hosil bo‘lgan summa, agar imtiyozli davr ko‘rsatilgan bo‘lsa, ko‘rsatilgan davr
oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan chiqariladi: D-t 8840 «Maqsadli
foydalanadigan soliq imtiyozlari», K-t 8520 «Rezerv kapitali» schyoti.
Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o‘tkazilgan mablag‘dan xo‘jalik
yurituvchi subektlar o‘zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash,
shuningdek xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun foydalanganda 8520 «Rezerv
kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab tegishli schyotlar kreditlanadi.
Soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil bo‘lgan
mablag‘lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun korxona va tashkilotlar har
yili yillik Moliyviy hisoboti bilan birga ushbu mablag‘lardan foydalanishi to‘g‘risidagi
hisob-kitobini topshiradi.
Soliq organlari tomonidan tekshirilganda soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan
ozod qilinishi natijasida hosil bo‘lgan mablag‘larning belgilangan maqsadlarga emas,
boshqa maqsadlar uchun foydalanganligi aniqlansa yoki imtiyozli davr tugaganga qadar
import qilingan tovarlar sotilsa yoki boshqa tashkilotga berilsa, belgilangan maqsad
bo‘yicha foydalanilmagan mablag‘lar summasi, shuningdek, sotilgan mulklar bo‘yicha
bojxona to‘lovlari summasi jarima choralarini qo‘llagan holda boqimandasi bilan undirib
olinadi.
Soliq organlariga topshirilgan hisob-kitoblarning to‘g‘riligi va o‘z vaqtida
topshirilishiga korxona va tashkilotlar javobgardir. Qonunchilik asosida soliq
to‘lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasidada hosil bo‘lgan mablag‘larni maqsadli
foydalanishga yo‘naltirmaydigan korxona va tashkilotlarga misol qilib shuni ko‘rsatish
lozimki, yangi tashkil etilgan korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan boshlab ikki yil
davomida byudjetga mulk solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu soliqdan ozod qilish
natijasida hosil bo‘lgan mablag‘ maqsadli foydalanishga yo‘naltirilmaydi. Shunday shart
bilan qonunchilikka binoan ayrim xo‘jalik yurituvchi subektlar boshqa soliq, bojxona va
majburiy to‘lovlardan ozod qilinishi mumkin.
Hisoblangan boj to‘lovlari, soliqlar (QQS to‘lovchilar uchun QQS summasidan
tashqari) va majburiy to‘lovlar summasini tovarning sotish qiymatiga ham qo‘shmaydi.
Bunday xo‘jalik yurituvchi subektlar har bir byudjetga to‘lov turi bo‘yicha balansdan
tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari» schyotida hisob yuritadi.
Umumiy belgilangan tartibda byudjetga hisoblangan soliq va to‘lovlar summasi 013-
schyotning kirimiga yozib boriladi. Byudjetga hisoblangan majburiy to‘lovlar va soliqlar
summasi Moliyviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilmaydi va Moliyviy
natijalarni shakllanishiga ta’sir etmaydi.
Soliqdan ozod qilish imtiyozli davri tugashi bilan soliqdan ozod qilish natijasida
hosil bo‘lgan mablag‘lar balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari»
schyotidan chiqim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborot
imtiyozli davri tugagandan so‘ng 5 yil ichida korxonada saqlanishi kerak.
7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori bilan
to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha
byudjet oldidagi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi.
Joriy yoki undan uzoqroq davrlarda to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovlar summasi
38
korxonaning kechiktirilgan majburiyatlari deb tan olinadi va ular kelajakda qaytariladi.
Bu schyotning kreditida tegishli soliq va majburiy to‘lovlarni hisobga oladigan schyotlar
bilan korrespondentlangan holda uzoq muddatli kechiktirilgan to‘lovlar summasi hisobga
olinadi.
Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori bilan
soliq to‘lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan bo‘lsa, quyidagicha yozuv bilan
rasmiylashtiriladi: D-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)», K-t
7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlar» schyoti.
Shuningdek boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lash muddati bir necha yilga
kechiktirilgan hollarda 6510 «Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», 6520 «Maqsadli davlat
jamg‘armalariga to‘lovlar» schyotlari debetlanib 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar
bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti kreditlanadi.
Soliqlar
va
majburiy
to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlarning joriy yilda to‘lanadigan qismi 6240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar
bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotining kreditida quyidagi aks
ettiriladi: D-t 7240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan
majburiyatlar», K-t 6240 «Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli
kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda 6240 «Soliqlar va
majburiy to‘lovlar bo‘yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti
debetlanib, 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» yoki 6510
«Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar», 6520 «Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar»
schyotlari kreditlanadi.
Ushbu summa byudjetga yoki sug‘urta organlariga o‘tkazib berilganda yuqoridagi
6410, 6510 va 6520 schyotlari debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
7250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq
muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning mavjudligi tufayli vujudga
keladigan kechiktirilgan Foyda solig‘i summasi aks ettiriladi.
Foyda solig‘i bo‘yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab topiladi, to‘lanadigan
foyda solig‘i esa soliqqa tortiladigan foydadan hisoblab topiladi. Hisob daromadi
(foydasi) va soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqni aniqlashdagi
yondoshishlar orasidagi farqi Moliyviy hisobotda inobatga olinishi kerak.
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo‘yicha aniqlangan foyda
solig‘i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan xarajat deb qaraladi va u
tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisoblanadi
ham korxonaning Moliyviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotda aks
ettiriladi. Bunda hisob daromadidan hisoblab topilgan Foyda solig‘i xarajati bilan soliqqa
tortiladigan daromaddan hisoblab topilgan to‘lashga tegishli foyda solig‘i orasidagi farq
vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha
kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotining kreditida
quyidagi aks ettiriladi: D-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar», K-t 7250
«Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli
majburiyatlar» schyoti.
Har yili foyda solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir qismi Foyda
solig‘i bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismidek 6250 «Vaqtinchalik
farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyotida quyidagi
aks ettiriladi: D-t 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i
39
bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar», K-t 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha
kechiktirilgan Foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda byudjetga o‘tkazish hisoblanganda 6250 «Vaqtinchalik
farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar» schyoti debetlanib,
6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti kreditlanadi. Ushbu
summa byudjetga o‘tkazib berilsa 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari
bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq Kodeksining 43-moddasiga binoan yilning hisobot
choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining
ikki yuz barobaridan ko‘proq miqdorda foyda olgan yuridik shaxslar Foyda solig‘i
bo‘yicha joriy to‘lovlarni har oyning 10 va 25 kunlarida yilning choragi bo‘yicha Foyda
solig‘i summasining oltidan bir qismi miqdorida to‘laydi.
Bu vaqtda hisoblangan bo‘nak Foyda solig‘i summasi 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha
xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha yoziladi: D-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha
xarajatlar», K-t 6410 «Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti.
Ushbu summa belgilangan muddatlarda byudjetga o‘tkazib berilsa 6410 «Byudjetga
to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti»
kreditlanadi.
Hisobot davri tugagach yilik Moliyviy hisobot tuzishda 9810 «Foyda solig‘i
bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar
bo‘yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910
«Yakuniy Moliyviy natija» schyotining debetiga o‘tkaziladi: D-t 9910 «Yakuniy
Moliyviy natija», K-t 9810 «Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan
hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, Foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foyda (zarar) summasidan Foyda solig‘ini
(9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig‘imlar (9820-schyoti)
summasini ayrib tashlagandan so‘ng hisobot davrining sof foydasi (zarari) chiqadi va u
Moliyviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko‘rsatiladi.
Sub’ektlar o‘zining faoliyati jarayonida Soliq kodeksiga asosan belgilangan soliqlar
bo‘yicha yil davomida o‘rnatilgan grafikka asosan soliqlar bo‘yicha bo‘nak summalarini
to‘lab boradilar. Ushbu to‘langan bo‘naklar yilning ohirida yakuniy Moliyviy natijalaga
olib boriladi va quyidagi schyotlarda hisoblanadi.
9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar.
9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha sarflar.
9810- Foyda solig‘i bo‘yicha sarflar, 9820- Foyda hisobidan ajratmalar bo‘yicha
sarflar schyotlarining debeti yil davomida to‘langan soliqlar, yig‘imlar va byudjetga
boshqa ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu schyotlardagi summalar 9910- yakuniy
Moliyviy natija schyotining debeti bilan yopiladi (Debet 9910 va Kredit 9800).
40
Yüklə Dostları ilə paylaş: |