uan Tsin Issiqko‘1, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha
gavjum va obod boMganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659-yilda Sharqiy Turk xo-
qonligini o ‘ziga b o ‘ysundiradi. VII asr ikkinchi yarm ida ancha kuchaygan Xitoy
0 ‘rta Osiyo hududlarini ham o ‘z qo‘l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670-yil-
da tibetliklar bosh ko‘tarib, Sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan
so‘ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatami keltirib chiqargach, endi-
likda Xitoy 0 ‘rta Osiyoga bo‘lgan o ‘z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning
endigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda 0 ‘rta Osiyo hududlarida G ‘ar-
biy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahalliy hokimliklar
o ‘rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o ‘zaro kurashlar ham sabab b o ia d i.
Bu esa pirovardida bu hududlam ing arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga
sabab bo‘ldi.
Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o ‘laroq, G ‘arbiy hududda aholi-
ning ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori boMgan. Ne-
gaki, sharqiy hududlarda yashagan ko ‘pchilik ko‘chmanchi turkiy elatlarda urug‘-
qabilachilik munosabatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi bu-
dun yoki qora budunlar deb atalgan. U rug‘-qabilaning nomdor vakillari “beklar”
deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi - “Q urultoy” boshqargan.
0 ‘rta Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog‘dorchilik va uzum chilik so-
halari yuksak darajada rivojlangan. 0 ‘lkaning Farg‘ona, Xorazm va Zarafshon vo-
halarida ko‘plab suv ayirg‘ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. Farg‘ona
va Sug‘dda aholining bir qismi tog‘-kon ishlari bilan ham m ashg‘ul bo‘lgan. Bu
yerlarda oltin, mis, tem ir eritish, ulardan kerakli asbob-anjomlar ishlash yaxshi
yo‘lga qo'yilgan. Shuningdek, Iloqda qo ‘rg ‘oshin, kumush, Shahrisabzda esa qizil
tuz qazib olingan. Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Buxoro,
Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson kabi shaharlar o ‘sha
davrning ancha taraqqiy etgan hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari hisob-
langan. Buyuk ipak y o ‘li bu shaharlam ing xalqaro savdoda faol ishtirok etishini
ta ’minlagan.
Dehqonlar mavjud suv resurslari ham da lalmikor yerlar imkoniyatlaridan
foydalanib, asosan, don ekinlari ham da qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachi-
lik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog‘-rog‘lar ye-
tishtirishga alohida ahamiyat berilgan, m anba tili bilan aytganda, “mevali daraxtlar
savlat to ‘kib turgan”. Chunonchi, ajnabiylarni Samarqandning “tilla shaftolisi” lol
qoldirgani m a’lum.
16
Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan m ashg‘ul edi.
Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko‘lami va sifati o ‘zidan keyingi uch tar-
moq - hunarmanchilik, qurilish, savdo-sotiq ravnaqi uchun katta turtki bo'ladi.
Shuning uchun bu vaqtda metallsozlik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, qurol-
sozlik, to ‘qimachilik, shishasozlik, konchilik keng rivoj topgan. Hunarmandchilik
rivojiga turkiy aholi katta ta ’sir ko'rsatdilar. Chunki ularda qadimdan ko'pchilik
kasb-hunarlar ju d a rivojlangan edi. Turkiylar sarrojlik, metall qazib olish va undan
qurol-yarog1 yasashda, ayniqsa, mohir edilar. Turkiylar yasagan qurol-yarog4, zeb-
u ziynat buyumlari xilma-xilligi va pishiqligi bilan ajralib turgan. Konchilik faoli-
yati ham shu paytda ancha rivojlangan. Oltin, temir, kumush, qo ‘rg‘oshin, mis,
margimush, tuzning bir necha xili, qimmatbaho toshlar, turli m a’danlar So‘g ‘d,
Shosh, Farg‘ona, Koshg‘ar, Tohariston kabi viloyatlarda qazib olishganligi manba-
larda aniq ko ‘rsatilgan.
Turkiy xoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta ’minlaganligi natijasi-
da “Buyuk ipak yo‘li” samarali ishlashda davom etdi. OMkaning asosiy savdo ham-
korlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to ‘qimachilik,-
ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqin-
choqlar, dorivorlar, nasldor arg‘umoqlar, bir necha xil tuz, sharob, bog‘dorchilik
m ahsulotlari, qazilma boylik va hokazolar olib borilgan. So‘g ‘d savdogarlarining,
ayniqsa, mavqeyi kuchli b o ig a n . Shu m a’noda, xitoylik muallifning quyidagi gu-
vohligi e’tiborga sazovordir: “(so‘g ‘diyonalik) erkaklar yigirm a yoshga to ‘lishlari
bilan qo‘shni mamlakatga oshiqadilar va (savdo-sotiqda) qayerda (qulaylik) va
manfaat bo‘lsa (albatta) u yerga qadam ranjida etadilar” . 0 ‘rta Osiyoning shu davr-
dagi M arv, Poykand, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Suyob kabi shaharlari
savdo-sotiqning markazlari edi.
Xitoy bilan savdo munosabatlari, ayniqsa, rivojlanib, 627-644-yillar mobay-
nida Xitoyga 9 marotaba savdo elchilari yuborildi. 0 ‘rta O siyoda shu paytda 15 ta-
ga yaqin may da davlatlar b o iib , Buxoroda buxorxudotlar, Xorazm da xorazmshoh-
lar, Choch va Iloqda budun va dehqonlar, Farg‘onada ixshidlar hukmronlik qilish-
gan. U lam ing hammasi Turkiy xoqonlikka qaram bo‘lsa-da, amalda yarim musta-
qil edilar.
0 ‘rta Osiyolik qo‘li gul hunarmandlar, to ‘quvchilar, zargarlar, miskaru te-
mirchilar, ko‘nchiyu qurolsozlar ishlab chiqargan nafis, xaridorgir buyumlar, as-
bob-anjom lar turli yurtlarga yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan
rangli shishalar, zotdor otlarga xalqaro miqyosda talab katta b o ig a n . Bu davrning
o ‘ziga xos muhim o ‘zgarishlaridan yana biri - bu 0 ‘rta Osiyo kulolchiligi hunari-
ning yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir. Bu davrda ham yurtimizda mod-
diy va m a’naviy madaniyatning yangi-yangi betimsol namunalari yaratildi. Turli
olim lar mutaxassislar bahsiga sabab boMgan Turk-run, O ‘rxun-Enasoy yozuvi,
Dostları ilə paylaş: |