ekspluatatsiya, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarim inobatga
olgan holda tuziladi. Bunday hollarda so‘rovnoma yuborish,
muzokoralar olib borish, yoki buyurtmachi, taqdim etilgan taklifni
qayta ко‘rib chiqishga ruxsat berishi mumkin. Muzokoralar sir
saqlanish sharti bilan olib boriladi va unda ishtirok etish imkoniyati,
takliflari rad etilmagan barcha talabgorlarga beriladi. Shundan
sung, buyurtmachi mol yetkazib beruvchilar oxirgi takliflarini
taqdim etishi lozim bo‘lgan muddatni belgilaydi va taqdim etilgan
eng yaxshi taklif qabul qilinadi.
Elning ayrim mamalakatlarida davlat xaridini tashkil etishda
milliy mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga 5—10 % miqdorida
imtiyozlar taqdim etiladi. Ayrim hollarda bunday imtiyozlar ancha
yuqori ham bo‘Ushi mumkin, masalan, Vengriyada bu ko‘rsatkich
ma’lum vaqt oralig‘ida 20 %ni tashkil etgan. Agar qiyoslaydigan
bo'lsak, bizning Respublikamizda ham tender savdolari bo‘yicha
talabgorlar taklifini baholashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga
baho imtiyozlari taqdim etilgan: «...agar tenderda xorijiy yetkazib
beruvchilar bilan birga m am lakatim iz korxonalari-ishlab
chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va xizmatlar
davlat xaridi... tender savdolarida ishtirok etganda
2 0
foizgacha
miqdorda narx imtiyozlari beriladi»1.
Ayrim mamlakatlarda davlat buyurtmasining ma’lum qismi,
alohida olingan mol yetkazib beruvchilar uchun, xususan, kichik
biznes vakillari uchun saqlab qoUnadi. Hottoki bu maqsadlami
amalga oshirish uchun yirik buyurtmalar, atayin mayda bo‘laklarga
bo‘lib joylashtirilishi ham mumkin2.
Dostları ilə paylaş: