A) Zanjirsimon. O‘sz=D
A) Zanjirsimon.
95
hisoblanishi qulay (oddiy) va to‘g‘ri natija beradiganlari quyidagilardir.
a) Davr oralig‘ini (intervalni) kengaytirish (kattalash-
tirish) usuli;
b) O‘rtacha sirg‘anma usuli;
v) Analitik tekislash usullaridir.
Ayrim hollarda dinamika qatorlari darajalarini dastlab qaraganda
ularning o‘zgarish tendensiyalarini ilg‘ab olish qiyin.
Bunday holarda
ulardagi davr oralig‘ini (intervalni) kattalashtirish lozim. Agarda
dinamika qator ma’lumotlari kunlik bo‘lsa, xaftalik bo‘lsa, dekadalik
yoki oylik, oylik ma’lumotlarni choraklik va shu kabi ma’lumotlarga
aylantirish lozim.
Misol: Korxonaning bir yilda mahsulot ishlab chiqarishi to‘g‘risida
quyidagi ma’lumotlar mavjud.
Oylar
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Ma
hsulot
hajmi,
mln. so‘m
24,0 26,0 20,0 26,0 19,0 27,0 28,0 30,0 26,0 28,0 31,0 30,0
Bu dinamika qator ma’lumotlari bo‘yicha o‘zgarish tendensiyasi
yaqqol sezilmagan, uning sur’ati ham qanchalik ekanligi bilinmaydi. Bu
dinamika qator oralig‘i davrini kattalashtirib (kengaytirib) oylarni, yil
choraklari bo‘yicha hisoblasak va ularning o‘rtacha har oy
ma’lumotlarini
aniqlasak, qator darajalarining o‘zgarish tendensiyasi
yaqqol ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: