32
katta ahamiyat berish kerak. Agarda ushbu taqqoslanuvchi davrda
taqqoslanuvchi
miqdorlarni
hisoblash
uslubida,
xududlarda,
miqdorlarning tarkibida yoki boshqa jihatlarida o‘zgarish bo‘lgan bo‘lsa,
ularni taqqoslama miqdorga keltirish yoki ushbu o‘zgarishlarni
hisobga
olish lozim. Shahar aholisining tabiiy ko‘payishini, uning xududiy
o‘zgarishini e’tiborga olmasdan hisoblab bo‘lmaydi.
Dinamika nisbiy miqdorlar bazisli yoki zanjirsimon bo‘lishi
mumkin. Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkichning
joriy
davrdagi miqdorini o‘tgan davr miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Umuman dinamika nisbiy miqdorlar foizlarda , koeffitsiyentlarda
(martalarda) ifodalanishi mumkin.
Misol: Korxona ushbu yilda 12000
tonna mahsulot ishlab
chiqargan. O‘tgan yil esa korxona 11000 tonna mahsulot ishlab
chiqargan edi.
Dinamika nisbiy miqdor koeffitsiyentda aniqlanganda = 12000 :
11000 = 1,09
Dinamika nisbiy miqdor foizlarda aniqlanganda =
12000 x 100
---------------- = 109,1 %
11000
Yuqoridagi dinamika nisbiy miqdor bazislidir.
Agarda xodisa va jaryonlarni birnecha
davrga taqqoslamoqchi
bo‘lsak, bazisli dinamika nisbiy miqdorda bazisli davr doimiy bo‘lib
qoladi, qolgan davrlar miqdorlari unga nisbatan hisoblanadi.
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdorda har bir davr miqdor
ko‘rsatkichi undan oldingi davr miqdor ko‘rsatkichi
nisbati bilan
topiladi.
Bazisli dinamika nisbiy miqdorlar ko‘rsatkich
miqdorlarining
o‘rganilayotgan davr mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Zanjirsimon dinamika nisbiy miqdor ko‘rsatkich miqdorlarining
o‘tgan yilgi miqdorga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: