U хudoyberdiev, B. Aliev


I mavzu. STATISTIKANING PREDMETI, USULLARI VA BOZOR



Yüklə 340,94 Kb.
səhifə2/79
tarix15.10.2023
ölçüsü340,94 Kb.
#155966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

I mavzu. STATISTIKANING PREDMETI, USULLARI VA BOZOR 
IQTISODIYOTI SHAROITIDAGI 
VAZIFALARI. 

REJA: 

1.1. Statistika fanining predmeti va usullari.


1.2. Statistika fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
1.3. Statistika fanining bozor iqtisodiyoti sharoitidagi asosiy vazifalari.
1.4. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda statistikaning tashkil etilishi

1.1. Statistika fanining predmeti va usullari 

Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalarni ifodalashda statistika juda ko‘p ishlatiladi.


Iqtisodchi -
mutaxassislar
esa
korxonalar,
tashkilotlar
faoliyatida
statistik
ko‘rsatkichlardan muntazam foydalanishadi. Aslida “Statistika” atamasi lotincha
«Status» so‘zidan olingan bo‘lib, hodisaning holati, ahvoli ma’nosini anglatadi. Bu so‘z
asosida bir qancha shunga o‘xshash so‘zlar paydo bo‘lgan. Jumladan, italyancha
“Stato” so‘zi ham undan kelib chiqqan bo‘lib, “davlat” ma’nosini bildiradi. Statistika
so‘zi ham davlat to‘g‘risidagi bilimlar, ma’lumotlarni anglatadi. Keyinchalik statistika
deganda ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarning turli tomonlarini ifodalaydigan ma’lumotlar
tushuniladi. Lekin statistika so‘zini dastlab fanga nemis olimi Gotfrid Axenval kiritgan.
U 1746 yilda Germaniya universitetlaridagi o‘qitiladigan “Davlatni yuritish” fanini
“Statistika” deb atashni taklif etgan.
Hozirgi vaqtda statistika so‘zi bir necha ma’noda ishlatiladi. Statistika deganda
ijtimoiy - iqtisodiy hodisalarni turli tomonlama o‘rganadigan mustaqil fan, xalq xo‘jaligi
bo‘yicha iqtisodiy ma’lumotlar to‘plovchi davlat statistika organlari”ni, hamda ijtimoiy -
iqtisodiy hodisa, voqealarni ifodalovchi turli ma’lumotlar - raqamlarni tushuniladi.
Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar deganda moddiy ne’matlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq
voqea, xodisalar tushuniladi. Ma’lumki tabiat va jamiyat uzviy birlikda, bir - biri bilan
bog‘liqlikda. Mavjud moddiy dunyodagi har bir xodisa miqdor va sifat tomonlariga ega,
lekin ular yagona birlikda namoyon bo‘ladi. Sifat deganda xodisaning mohiyati,



5
rivojlanish qonun va qonuniyatlari bilan bevosita


bog‘liq
muhim
belgilari,
xususiyatlari tushuniladi. Miqdor deyilganda xodisaning xususiyatlari, belgisining
yuzaga chiqish (tashqi belgisi) soni va darajasi tushuniladi.
Tabiiy xodisalarning sifat tomonlarini maxsus tibbiyot fanlari: odam
organizmining tuzilishini - anotomiya, hayvonot dunyosini - zoologiya kabi fanlar
o‘rganadi. Ijtimoiy xodisalarning sifat tomonini - ijtimoiy fanlar: iqtisodiy nazariya,
tarmoqlar iqtisodi kabi fanlar o‘rganadi. Ijtimoiy xodisalarning miqdoriy tomonini
statistika o‘rganadi. Ijtimoiy xodisalar murakkab va ko‘pqirrali bo‘lib, vaqt (zamon)
mobaynida ham miqdor, ham sifat jihatdan o‘zgarib turadi. Statistika ijtimoiy - iqtisodiy
hodisalar miqdorini aniq vaqt va joy sharoitida qanday o‘zgarayotganligini o‘rganadi.
Statistika - yaratilgan yalpi mahsulot, milliy daromad, milliy boylik, mehnat resurslari,
mehnat unumdorligi kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlarning miqdoriy o‘zgarishini sifat
tomonlari bilan bog‘liq holda o‘rganadi.
Ijtimoiy xodisalar madaniy, ta’lim - tarbiya sohasidagi xodisalarni ham o‘z ichiga
oladi. Madaniy muassasalar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, maktablar,
kutubxonalarda sodir bo‘ladigan jarayonlarning miqdoriy tomoni va ulardagi o‘zgarishni
ham statistika o‘rganadi.
Ijtimoiy taraqqiyot tabiiy resurslarga: yer maydoni, o‘rmon xo‘jaligi, tabiiy boyliklari,
ulardan foydalanish darajasini ham statistika o‘rganadi.
Statistika tabiiy xodisalarni: zilzila, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarni
ijtimoiy hayot bilan bog‘liqlikda o‘rganadi.
Ijtimoiy hayotni siyosiy va mafkuraviy hodisalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Saylovlar, saylovda qatnashganlar soni, ovozlar taqsimoti, namoyishlar va shu kabilar
statistika ob’ekti hisoblanadi.

Yüklə 340,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin