1.4. Hozirgi sharoitda O‘zbekistonda statistikaning
tashkil etilishi.
Statistika o‘z ob’ektlarini o‘rganadigan fan bo‘lib qolmasdan, amaliy faoliyatda
ham mavjud. Hozirgi paytda har bir firma, korxonalardan ya’ni barcha xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlardan boshlab, tuman, viloyat va
mamalakat miqyosida barcha
iqtisodiy-ijtimoiy voqea, xodisalar to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va
ularni saqlash statistika organlariga yuklatilgan. Statistika ishlarini tashkil etishni
yaxshilash va uning ma’lumotlaridan foydalanish samaradorligini
oshirish maqsadida
tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
2002 yil 12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat statistikasi
to‘g‘risida»gi qonuni (yangi tahrirda) qabul qilindi. Bu qonunda Davlat statistika
organlarining asosiy vazifalari
ijtimoiy-iqtisodiy xodisalar, jarayonlar, hamda ularning
natijalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni yig‘ish,
qayta ishlash, to‘plash, saqlash,
umumlashtirish va tahlil etish bilan bir vaqtda davlat organlari, yuridik shaxslar, davlat
muassasalari, xalqaro tashkilotlar, shuningdek jamoatchilikni belgilangan tartibda
statistika ma’lumotlari bilan ta’minlash ham yuklatilgan.
Demak statistika organlari
yuqoridagi sub’ektlarni o‘z vaqtida, ijtimoiy-iqtisodiy voqealarni real ifodalaydigan
ma’lumotlar bilan ta’minlab turishi lozim. Statistik ma’lumotlar asosida, korxonalar,
firmalar, hududlar, mamlakat iqtisodiy xolatlari o‘rganiladi va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni
yaxshilash istiqbollari belgilanadi.
10
2002 yil 24 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning
“O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish
to‘g‘risida” farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga asosan Respublika Iqtisodiyot vazirligi
va alohida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tashkil etildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarda va Toshkent shahrida –
statistika