2
Mualliflar: Xudayberdiyev U.X. ,
Aliyev B.R.
Dotsent U.X.Xudayberdiyev tahriri ostida.
Taqrizchilar: Kushatov R. – i.f.n., SamDU dotsenti
Abdukarimov B.A. – i.f.n., SamISI «Iqtisodiyot»
kafedrasi mudiri, dotsent
Institut UUB da 2006 yil
25 oktyabr (bayon № 2) muhokama
qilingan va chop etishga ruhsat
berilgan.
Ushbu ma’ruza matnlari 340000 «Biznes va boshqaruv», 810000
«Xizmat ko‘rsatish» sohalari bo‘yicha bilim olayotgan bakalavrlar uchun
tasdiklangan dastur asosida yozilgan bo‘lib, u ikki qismdan iborat.
Birinchi
qismida statistika umumiy nazariyasining asosiy mavzulari: Statistikaning
predmeti, usullari va vazifalari hamda statistikaning asosiy usullari - statistik
kuzatish, ma’lumotlarni jamlash va guruhlash,
statistik kursatkichlar,
dinamika qatorlari, iqtisodiy indekslar,
tanlab kuzatish, korrelyatsiya -
regressiya usullari yoritilgan.
Ushbu ma’ruzalarda asosiy matnlardan tashqari har qaysi mavzu
bo‘yicha tayanch iboralar, o‘z-o‘zini tekshirish uchun va test savollari hamda
qo‘shimcha adabiyotlar ko‘rsatilgan.
Ma’ruzalar matnlaridan kollej va biznes maktab o‘quvchilari ham
foydalanishlari mumkin.
© Xudayberdiyev U., Aliyev B.R. SamISI, 2006.
3
KIRISH
Ishchi dastur oliy o‘quv yurtlarining «Turizm menejmenti», «Turizm
marketingi», «Turizm operatorlik xizmatini tashkil etish»
va boshqa
yo‘nalish bakalavrlari uchun muljallangan namunaviy o‘quv dasturi asosida
tuzilgan ishchi dastur talabalarni statistik ma’lumotlarini yig‘ish, ularga qayta
ishlov berish va statistik taxlil qilish jarayonida statistikaning o‘ziga xos
usullari: statistik kuzatish, ma’lumotlarni guruxlash, taxlil ko‘rsatkichlarini
hisoblash,
iqtisodiy indeks, korrelyatsiya - regression hamda tegishli
xulosalar qilish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni beruvchi mavzularni qamrab
olgan.
Ishchi dasturda bayon qilingan asosiy savollar
statistika fani erishgan
eng ilg‘or yangiliklar asosida yoritib berilishi lozim.
Jamiyatni bilish uchun turli bo‘layotgan voqea, jarayonlarning
mazmunini, mohiyatini tushunish lozim bo‘ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy voqea,
jarayonlarni statistika o‘rganadi.Bu voqea, hodisalar inson hayoti, harakati va
moddiy ne’matlar iste’moli bilan bog‘liqdir.
Shuning uchun bunday voqea,
jarayonlarni statistika muntazam ravishda kuzatadi va ma’lumotlarni
to‘playdi. Ijtimoiy-iqtisodiy voqea, xodisalar holati va o‘zgarish to‘g‘risidagi
ma’lumotlar mutlaq, nisbiy va o‘rtacha miqdorlarda ifodalanadi.
Bo‘lg‘usi «Xizmat ko‘rsatish» sohasi bo‘yicha oliy ma’lumotli
mutaxasislar statistikaning predmeti, ob’ektlari, ijtimoiy iqtisodiy voqea
hodisalarni
kuzatish
uslublarini,
hodisalarning
davr
mobaynida
o‘zgarishining dinamika qatorlarini ularning tahlil ko‘rsatkichlarini,
hodisalarning o‘zaro bog‘lanishlarini bilishlari zarur. Shuning uchun ham 3
kurs «Turiz menejmenti», «Turizm marketingi», «Turizm
operatorlik
xizmatini tashkil etish» yo‘nalish bakalavriat talabalari o‘quv rejasiga
«Statistika» fanini o‘qitish kiritilgan.