U хudoyberdiev, B. Aliev


 Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha



Yüklə 340,94 Kb.
səhifə20/79
tarix15.10.2023
ölçüsü340,94 Kb.
#155966
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

4.2. Nisbiy miqdorlar to‘g‘risida tushuncha 
va ularning ifodalanishi 

Ijtimoiy - iqtisodiy xodisalar va jarayonlarning bir necha davridagi


o‘zgarishlarini o‘rganish uchun mutloq miqdorlarni taqqoslash lozim.
Ushbu
davrdagi
reja
ko‘rsatkichlarining,
tuzilgan
shartnoma
shartlarining bajarilishini ham haqiqiy va reja (shartnoma) ko‘rsatkichlar
bilan taqqoslab aniqlanadi. Bunday mutloq miqdorlarning bir-biriga
nisbatan olinib taqqoslanishi nisbiy miqdorlar deyiladi. Demak nisbiy
miqdorlarda ikki va undan ko‘proq mutloq miqdorlar bir-biriga



30
taqqoslanadi. Bunda ko‘pincha suratda taqqoslanuvchi miqdor,


mahrajda - esa taqqoslovchi mutloq miqdor bo‘ladi.Nisbiy miqdorlardan
xalq xo‘jaligi tarmoqlarining rivojlanishi, ijtimoiy - iqtisodiy
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlarini aniqlashda juda ko‘p foydalaniladi.
Shuning uchun ham nisbiy miqdorlar tadqiqot maqsadi, mohiyati
va qanday mutloq miqdorlar qatnashayotganiga qarab turlicha bo‘lishi
mumkin:
Korxonalar, firmalar biznes-rejalarining bajarilish darajasini,
to‘plamda ayrim guruhlarning tarkibini bilish uchun, joriy yil (ushbu
davrdagi) ma’lumotlar taqqoslanadi.
Xodisa va jarayonlarning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish
uchun, ularning bir necha yil (o‘tgan davrlar) mobaynidagi miqdorlari
taqqoslanadi.

4.3. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni 
hisoblash tartibi 

Nisbiy miqdorlar qanday vazifalarni aniqlash uchun qo‘llanishiga


qarab, birnecha turga bo‘linadi. Agarda nisbiy miqdorlar belgilangan
reja ko‘rsatkichning bajarilishini aniqlash uchun qo‘llansa, unda bu
ko‘rsatkichning haqiqiy bajarilgan miqdori, uning rejada belgilangan
miqdoriga bo‘linib topiladi. Misol : Korxona ushbu yilda 12000 tonna
mahsulot ishlab chiqargan. Lekin bu yilda 11500 tonna mahsulot ishlab
chiqarish rejalashtirilgan . Demak, korxonaning reja ko‘rsatkichining
bajarilishini ifodalovchi nisbiy miqdor (Rbnm) 104 %
12000 x 100
(------------------) bo‘ladi.
11500
Reja o‘sishning (kamayishini) ifodalovchi nisbiy miqdorlar
(Runm), kelgusi davr uchun ko‘rsatkichlarning rejasini (prognoz)
belgilashda qo‘llanadi va quyidagicha topiladi:



Yüklə 340,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin