U хudoyberdiev, B. Aliev


Tarkibiy nisbiy miqdorlar



Yüklə 340,94 Kb.
səhifə23/79
tarix15.10.2023
ölçüsü340,94 Kb.
#155966
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Tarkibiy nisbiy miqdorlar statistik to‘plamni tashkil etuvchi
ayrim guruh miqdorlar qanchasini tashkil etishini bildiradi. Tarkibiy
nisbiy miqdorlar (Tnm) to‘plamning ayrim guruh miqdorlarini shu
to‘plamning umumiy yig‘indisiga bo‘lgan nisbati bilan aniqlanadi.
To‘plamning ayrim guruh miqdori (bir qismi) x 100 
Tnm = ---------------------------------------------------------------------- 


To‘plamning umumiy miqdori 
Misol: Qandolatchilik korxonasi parvarda, novvot va xolva ishlab



33
chiqaradi. Ushbu yilda bu korxona 2360 ming so‘mlik mahsulot ishlab


chiqargan, shu jumladan parvarda 950 ming so‘mlik, navvot - 650 ming
so‘mlik va xolva - 760 ming so‘mlik. Bu korxona ishlab chiqarayotgan
har bir mahsulot turi umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot so‘mmasining
qanchalik hissasi (tarkibi)ni bilish uchun, ular har bir turi miqdorini
umumiy miqdorga bo‘lish lozim.
950,0 x 100
Parvarda = ------------------- = 40,3 %
2360
650 x 100
Navvot = ------------------- = 27,5 %
2360
760 x 100
Xolva = ------------------ = 32,2 %
2360
Agarda ushbu misolni jadval shakliga keltirsak:

Mahsulot turlari 
Mahsulot miqdori (ming 
so‘m) 
Tarkibi 
Parvarda
950,0
40,7
Navvot
650,0
27,5
Holva
760,0
32,2
Jami
2360,0
100,0

Itensivlikni ifodalovchi nisbiy miqdor (Inm). Bu ko‘rsatkich
o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hodisa va jarayonlarni ifodalovchi
ikki miqdor bir-biri bilan taqqoslanadi.
To‘plamning bir ob’ektiga doir miqdor
Inm = -------------------------------------------------------------
To‘plamning ikkinchi ob’ektiga doir miqdor

Misol: 1) O‘zbekiston Respublikasida 1997 y. 23443,7 ming aholi


bo‘lib, 614,0 ming kishi tug‘ilgan. Demak har bir 1000 kishiga
tug‘ilganlar sonini hisoblaydigan bo‘lsak = 614000 : 23443.7 = 26 kishi
bo‘ladi.
2) O‘zbekiston hududi 447,4 kv.km. bo‘lib, uning aholisi 1997 y.
23443,7 ming kishini tashkil etgan. Xududning har bir kv.km ga qancha
aholi to‘g‘ri kelishini topamiz, ya’ni aholining har bir kv.km ga
zichligini aniqlaymiz:
23443,7 ming k



34
Aholi zichligi = ----------------------------- = 52 ming kishi


447,4 kv. km
Demak
intensiv
nisbiy
miqdorlar
natijalarida
ikki
ko‘rsatkichlarning o‘lchov birliklari ham qatnashadi. Intensiv nisbiy
miqdorlarning boshqa nisbiy miqdorlardan yana bir farqi shundaki,
ularning natijalari aniq sonlar bilan ifodalanadi.
Intensiv nisbiy miqdorlar aholining xududlardagi zichligi, har 100
aholiga tug‘ilish, nikoh, o‘lim kabi ko‘rsatkichlarning to‘g‘ri kelishi,
aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad, har bir gektar yerga
solingan o‘g‘it saomog‘i kabilarni aniqlashda foydalaniladi.
Koordinatsiya nisbiy miqdorlari (Knm) to‘plamning bir-biriga
bog‘liq ikki guruhlarining bir-biriga nisbati bilan aniqlanadi. Bunday
nisbiy miqdorlarni aniqlash to‘plam guruhlarining bir-biri o‘rtasidagi
nisbiy koordinatsiyani aniqlashda foydalaniladi:

Yüklə 340,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin