5.1. O‘rtacha miqdorlarning mohiyati, ahamiyati va turlari.
40
miqdorni ifodalaydi.
O‘rtacha miqdorlarni hisoblashda o‘ziga xos qoidalarga rioya
qilinishi lozim:
•
o‘rtalashtirilayotgan yakka miqdorlar mohiyati jihatidan bir
xil bo‘lishi lozim. Har bir yakka miqdorlar turlicha ko‘rsatgichda
ifodalanadi, lekin ular ko‘p sonli bo‘lib,
mazmun jihatidan bir xil
ko‘rsatgichni ifodalashi lozim;
•
o‘rtacha miqdorlar yetarli darajada ko‘p bo‘lgan bir
mazmundagi to‘plamlar bo‘yicha hisoblanish lozim. Chunki to‘plamdagi
miqdorlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, yakka miqdorlarga xos omillar o‘z
ta’sirini shunchalik yo‘qotadi. To‘plamda miqdorlar soni kam bo‘lsa,
yakka miqdorlarga xos omillar ta’siri sezilarli bo‘ladi. Shuning uchun
ham o‘rtacha miqdorlar katta sonlar qonuniga bo‘ysunadi;
•
o‘rtacha miqdorlar ijtimoiy-iqtisodiy muhim xodisalarni
ko‘rsatishi
lozim.
Xodisa,
jarayonlarning
muhim
belgilarini
ko‘rsatmaydigan o‘rtacha miqdorlarni hisoblashning zaruriyati yo‘q,
chunki bunday ma’lumotlarning ahamiyati yo‘q.
Shunday qilib, o‘rtacha miqdorlar statistikada muhim o‘rin egallab,
fanning mohiyatini ochib beruvchi
ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy
xodisalarning umumiy belgilarini ifodalash uchun hisoblanadi.
Miqdorlar turlicha va juda ko‘p bo‘lib, o‘rtacha miqdorlarni
hisoblashda ham turlicha usullardan foydalaniladi. Shuning uchun ham
arifmetik o‘rtacha
miqdorlar, garmonik o‘rtacha miqdorlar, xronologik
o‘rtacha miqdorlar, geometrik o‘rtacha miqdorlar, kvadratik o‘rtacha
miqdorlar amaliyotda foydalaniladi.
Bu
o‘rtacha
miqdorlarning
qaysi
shaklining
qo‘llanishi,
hisoblanayotgan o‘rtacha
miqdorning mohiyati, hamda bo‘luvchi va
bo‘linuvchi miqdorlarning ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Arifmetik va garmonik o‘rtacha miqdorlar o‘z navbatida ikki
xil: oddiy va tortqichli (vaznli) o‘rtacha miqdorlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: