93
4. Orqa miya suyuqligi tekshirish uchun qanday olinadi?
5. Orqa miya suyuqligi fizik xossalarini tekshirish usullarini
aytib bering.
6. Orqa miya suyuqligikimyoviy xossalarini tekshirish usullarini
aytib bering.
7. Fibrin pardasi nima va u qanday aniqlanadi?
8. Orqa miya suyuqligida oqsil miqdorini aniqlash.
9. Normada oqsil miqdori lyumbal
orqa miya suyuqligida
qancha miqdorda bo‘ladi?
10. Yangi tug‘ilgan bolalarda oqsil miqdori qancha?
94
SEROZ BO‘SHLIQLARIDA SUYUQLIKLARNING PAYDO
BO‘LISH SABABLARI VA ULARNING TASNIFI.SEROZ
SUYUQLIKLARINI KLINIK TEKSHIRISH
Tananing turli bo‘shliqlarida va sinama punksiya yoki kesish
yo‘li bilan olinadigan suyuqliklarning hammasi uch guruhga
bo‘linadi:
1) yallig‘lanishdan kelib chiqadigan
suyuqliklar - ekssudatlar;
2) umumiy va mahalliy qon aylanishining buzilishidan mexanik
paydo bo‘ladigan suyuqliklar transsudatlar;
3) xaltasimon o‘smalar, kistalar (retension,
parazitar va
boshqalar)dan olinadigan suyuqliklar.
Ekssudatlar ham o‘z navbatida seroz, eozinofilli, seroz yiringli
va yiringli, gemorragik, xolesterinli, xilez va psevdoxilez turlarga
bo‘linadi.
Sanab o‘tilgan suyuqliklarning hammasi – ekssudatlar,
transsudatlar yoki kistalar va o‘smalarning suyuqliklari kimyoviy,
sitologik, bakteriologik va serologik tekshirish usullari yordamida
o‘rganiladi. Tekshirish uchun materialni puxta aseptika sharoitlarida
olinadi va uni steril idishga yig‘iladi.
Olingan suyuqlikning
kimiyoviy va morfologik tarkibi o‘zgarmasdan uni olingan zahoti
tekshirish zarur.
Dostları ilə paylaş: