70
o‘zgartiriladi. Oldindan belgilangan vaqtdan so‘ng jarayon to‘xtatiladi
va boshqa bir jarayon (bajarilish uchun) protsessorni egallaydi.
To‘xtatilgan jarayonning holati jarayon rejalashtiruvchisi
tomonidan
tayyorlilik (ready) holatiga o‘zgartiriladi. Jarayonlarning bunday
almashtirilishi oldindan rejalashtirish siyosati deb nomlanadi. Agar
jarayon ishga tushirilganda foydalanuvchi
yoki boshqa jarayon
tomonidan kiritish/chiqarish amali bajarilishini kutsa, u holda jarayon
kutish (waiting) holatiga o‘tkaziladi. Kiritish/chiqarish jarayoni
yakunlanganligi
haqida
xabar
kiritish/chiqarish
qurilmasidan
jarayonni
rejalashtiruvchiga
yetkazilganda
jarayonning
holati
tayyorlilik
(ready)
holatiga
o‘zgartiriladi. Nihoyat, jarayon
yakunlanganida yoki xatolik yuz berganida jarayon (oldindan)
tugatiladi va uning holati tugatishga (finished) o‘tkaziladi. Odatda,
jarayon holatining o‘zgarishlari jarayonni rejalashtiruvchi tomonidan
amalga
oshiriladi, va vazifani rejalashtiruvchiga bu o‘zgarishlar
haqida axborot beriladi. Shundan so‘ng vazifani rejalashtiruvchi
holatni tugatishga (finished) o‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: