74
Shortest Job First (SJF) algoritmi
Shortest Job First (SJF, dastlab eng qisqa vazifani bajarish)
algoritmi protsessorni rejalashtirish algoritmi bo‘lib, bunda protsessor
birinchi navbatda tizimdagi mavjud
jarayonlardan eng qisqasiga
beriladi. Bu holda har bir jarayon bilan uning navbatdagi aktivlik
davri davomiyligi bog‘lanadi. Bu davomiylik eng qisqa jarayonga
birinchi xizmat ko‘rsatilishi uchun ishlatiladi.
Bu algoritmni
qo‘llanishining ikkita sxemalari bo‘lishi mumkin:
1. Jarayonlarni uzmasdan – jarayonga protsessor berilayotgan
vaqtda uning vaqt kvanti tugamasdan jarayon uzilmasligi kerak.
2. Jarayonlarni uzish bilan – agar aktivlik vaqti aktiv jarayonning
qolgan vaqtidan kichik bo‘lgan yangi jarayon kelsa,
aktiv jarayonni
to‘xtatish. Bu sxema Shortest-Remaining-Time-First (SRTF – dastlab
eng qisqa vaqt) nomi bilan ma’lum.
Ko‘rish qiyin emaski, SJF algoritmi u berilgan jarayonlar
to‘plami uchun minimal o‘rtacha kutish vaqtini ta’minlashi
mazmunida optimal bo‘ladi. Jarayonlarni uzmasdan SJF algoritmining
qo‘llanishiga misolni ko‘rib chiqamiz. Jarayonlar to‘plami,
tizimda
ularning paydo bo‘lishi vaqtlari va ularning aktivligi vaqtlari
quyidagicha:
2.4- jadval
Jarayon
Paydo bo‘lish vaqti
Aktivlik vaqti
J1
0.0
7
J2
2.0
4
J3
4.0
1
J4
5.0
4
Jarayonlarni uzmasdan SJF algoritmi bo‘yicha jarayonlarni
rejalashtirish sxemasi 2.20- rasmda keltirilgan.
2.20- rasm. Jarayonlarni uzmasdan SJF algoritmi bo‘yicha
jarayonlarni rejalashtirish sxemasi
75
Bu holda o‘rtacha kutish vaqti = (0 + 6 + 3 + 7)/4 = 4. Endi
o‘sha jarayonlarga uzilishli SJF algoritmini qo‘llaymiz va o‘rtacha
kutish vaqti qanday o‘zgarishini tahlil qilamiz.
Algoritmning
qo‘llanishi natijasi 2.21- rasmda tasvirlangan.
2.21- rasm. Jarayonlar uzilishli SJF algoritmi bo‘yicha jarayonlarni
rejalashtirish sxemasi
Bu holda tizimga qisqaroq jarayon tushishi momentida
jarayonning uzilishi prinsipi bir necha marta qo‘llanadi: 2 momentda
1- jarayon uziladi va qisqaroq 2-
jarayon bajarila boshlanadi, 4
momentda 2- jarayon uziladi va qisqaroq 3- jarayon bajarila
boshlanadi.
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki,
jarayonlarning uzilishi
prinsipining qo‘llanishi tufayli protsessordagi jarayonning uzluksiz
bajarilishi davrlari yonma-yon bo‘lishi va boshqa jarayonlarni
bajarilishi davrlarini bilan o‘rin almashishi mumkin.
Bu holda o‘rtacha kutish vaqti = (9 + 1 + 0 +2)/4 = 3, ya’ni
kutilganidek, u jarayonlarni uzilishi prinsipi qo‘llanilmasligiga
qaraganda kichik bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: