76
an’anaviy usuli jarayonning ortishini hisobga olish (aging)
hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan jarayonning
ustuvorligi tizim orqali
oshiriladi.
Round Robin (RR) algoritmi
Round Robin (RR, halqali tizim) algoritmi bu barcha
jarayonlarga navbat bo‘yicha bir xil vaqt kvantlarini berish
hisoblanadi. Algoritmning nomi AQShdagi ommaviy qarta o‘yinidan
kelib chiqadi. Bu algoritmda har bir jarayon
protsessor vaqtining
uncha katta bo‘lmagan kvanti – odatda 10-100 millisekundni oladi. Bu
vaqt tugagandan keyin jarayon uziladi va tayyor jarayonlarni oxiriga
joylashtiriladi.
Agar bajarilishga tayyor jarayonlar navbatida n jarayonlar va
vaqt kvanti q ga teng bo‘lsa, u holda har bir jarayon 1/n
protsessor
vaqtini eng kattasi q birlikdan bir marta qismlab oladi. Hech bir
jarayon (n-1) q vaqt birligidan ortiq kutmaydi.
Bu algoritmning unumdorligi q koeffitsientga bog‘liq:
agar q yuqori bo‘lsa, u holda algoritm FCFS algoritmga
deyarli ekvivalent;
agar q past bo‘lsa, u holda q tarkibiy
qayta ulanish vaqtidan
katta bo‘lishi kerak, aks holda bitta jarayondan boshqa jarayonga
qayta ulanishga ustama sarflar o‘ta katta bo‘ladi.
RR algoritmini qo‘llanilishi misolini ko‘rib chiqamiz. Tizimda
aktivlik vaqtli quyidagi jarayonlar mavjud bo‘lsin:
2.5- jadval
Jarayon
Aktivlik vaqti
J1
53
J2
17
J3
68
J4
24
q = 20 vaqt kvantili RR algoritm bo‘yicha
protsessorni
rejalashtirish sxemasi 2.22- rasmda keltirilgan.
77
2.22- rasm. RR algoritmini qo‘llanishiga misol (q = 20)
Odatda RR algoritmi SJF algoritmga qaraganda yomon aylanish
vaqtiga ega (chunki har bir jarayon vaqt kvantlari boshqa jarayonlarga
beriladigan vaqtda navbatdagi vaqt kvantini kutishi kerak bo‘ladi),
lekin yaxshi javob vaqtiga ega. 2.23- rasmda kontekstni
almashtirishlar sonining vaqt kvantiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan:
kvant
qancha kichik bo‘lsa, kontekstni almashtirishlar soni shuncha ko‘p
bo‘ladi.
2.23- rasm. Protsessor kvant vaqti va kontekstni almashtirish vaqti
Dostları ilə paylaş: