U. R. Xamdamov, dj. B. Sultanov, S. S. Parsiyev, U. M. Abdullayev


 Jarayonlarni rejalashtirish algoritmlari



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/253
tarix07.01.2024
ölçüsü3,32 Mb.
#209072
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   253
os

 
2.5. Jarayonlarni rejalashtirish algoritmlari 
First-Come-First-Served (FCFS) algoritmi 
First-Come-First-Served (kelish tartibida xizmat ko‘rsatish, 
ya’ni, birinchi kelganga birinchi xizmat ko‘rsatish (FIFO) kabi bir xil) 
– algoritmi eng oddiy rejalashtirish algoritmi bo‘lib, bunda 
protsessorning resurslari jarayonlarga ular iste’mol qiladigan 
resurslarga, xususan, jarayonning bajarilishi uchun talab qilinadigan u 
bildirgan vaqtga bog‘liq bo‘lmagan holda tizimga kelishi (kirishi) 
tartibida taqdim etiladi. Bu va boshqa algoritmlarni ko‘rib chiqishda 
jarayonlarning nomlari va ularning qandaydir vaqt birliklarida 
ifodalanadigan bajarilish vaqt diapazonlarini Gant diagrammalaridan 
(Gantt charts) foydalanib aniqlaymiz. 
Quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. J1, J2 va J3 jarayonlar 
quyidagi aktivliklar davrlari bilan ko‘rsatilgan tartibda tizimga 
kiritilgan bo‘lsin: 


72 
2.3- jadval 
Jarayon 
Aktivlik davri 
J1 
24 
J2 

J3 

U holda ularni rejalashtirish uchun FCFS algoritmidan 
foydalanishda 
protsessorni 
birinchi 
bo‘lib 
uzoq 
bo‘lishiga 
qaramasdan, birinchi jarayonni oladi. Bu holda protsessorni jarayonlar 
orasida taqsimlanishi 2.18- rasmda tasvirlangan. 
2.18- rasm. FCFS algoritmi bo‘yicha rejalashtirish sxemasi (1- misol) 
Shunday qilib, kutish vaqti J1 = 0; J2= 24; J3 = 27 bo‘ladi. 
O‘rtacha kutish vaqti: (0 + 24 + 27)/3 = 17 
Agar jarayonlar tartibi boshqacha - J2, J3, J1 bo‘lsa (tizimga 
oxirgi kiritilgan jarayon – eng uzoq), u holda ularni rejalashtirish 
natijasi mutlaqo boshqacha bo‘ladi (2.19- rasm). 
2.19- rasm. FCFS algoritmi bo‘yicha rejalashtirish sxemasi (2- misol)
Bu holda jarayonlarni kutish vaqti: J1 = 6; J2 = 0; J3 = 3.
O‘rtacha kutish vaqti: (6 + 0 + 3)/3 = 3
Bu natija oldingi natijaga qaraganda ancha yaxshi. Birinchi 
misol namoyish etgan natija samarasi (convoy effect) – qisqa jarayon 


73 
uzoq jarayondan keyin xizmat ko‘rsatiladigan hollarda jarayonlarni 
o‘rtacha kutish vaqtini ortishi deyiladi.

Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   253




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin