U. T. Berdiev


§. Sinxron generatorning reaktiv quvvatini rostlash va U-simon xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə105/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

23.4§. Sinxron generatorning reaktiv quvvatini rostlash va U-simon xarakteristikalari
Kuchlanish U  const, f1  const va quvvat P = const bo‘lganda stator toki I1 ning qo‘zg‘atish toki Iqo’z ga bog‘liqligini, ya’ni I1 = (Iqo’z) – sinxron mashinaning U-simon xarakteristikalari deyiladi.
Q uyida elektr tarmog‘i bilan parallel ulangan ayon bo’lmagan qutbli SG ning salt ishlash ( ya’ni P  0) rejimini ko‘rib chiqamiz. Generatorni tarmoqqa ulagandan so‘ngra uning EYuK E0 tarmoq kuchlanishi Ut bilan muvozanatlashadi, ularning yig‘indisi esa bo‘ladi (22.4,a-rasm). Bu holda yakor zanjiridagi tok ham nolga teng bo‘ladi, ya’ni salt ishlaydi. Agar mashinaning qo‘zg‘atish toki oshirilsa (o‘ta qo‘zg‘atishda), E0 oshadi va bo‘ladi. Natijada yakor zanjirida I1 tok hosil bo‘ladi (22.4,b-rasm), bu tokning vektori EYuK vektori E0 dan 90 ga orqada qoladi. Bunda elektromagnit quvvatning aktiv tashkil etuvchi si E0I cos  0 bo‘ladi va generator faqat reaktiv quvvat ishlab chiqaradi va uni tarmoqqa beradi. Agar qo‘zg‘atish tokining qiymati oshirilsa reaktiv quvvatning qiymati oshadi, natijada EYuK E0 ham ortadi. Agar E0 = UT bo‘lgan holda (22.4,s-rasm) qo‘zg‘atish toki kamaytirilganda EYuK E0 ham kamayadi. Bu holda sinxron mashina chala qo‘zg‘atishli rejimda ishlaydi va teskari yo‘nalishdagi kuchlanishlar farqi vujudga keladi. Shu sababli yakor toki I1 kuchlanish U dan 90 ga orqada qolib, EYuK E0 dan esa   90 oldinda keladi. Natijada reaktiv quvvat o‘zining yo‘nalishini o‘zgartirib, tarmoqdan generatorga uzatiladi. Qo‘zg‘atish tokining keyingi kamaytirilgan qiymatlarida esa yakor toki I1 ortadi.

Shunday qilib, qo‘zg‘atish tokining o‘zgarishi, reaktiv quvvatning o‘zgarishiga olib keladi. O’ta qo‘zg‘atish holatida ishlayotgan generator orqada qoluvchi tok, chala qo‘zg‘atish holatida esa oldinda keluvchi tok bilan ishlar ekan. 22.4,d-rasmda I1  f (Iqo’z) bog‘liqlik, ya’ni U-simon xarakteristikalari ko‘rsatilgan. Yuklanish rejimda U-simon xarakteristikalaridagi yakor tokining minimum qiymati cos 1 ga to‘g‘ri keladi. Generatorning tarmoqqa berayotgan aktiv quvvati P ortishi bilan U-simon xarakteristika oldingi aktiv quvvatda olingan mazkur xarakteristikadan yuqoriroqda joylasha boradi (22.4-rasm), chunki aktiv quvvatning ortishi stator tokining aktiv tashkil etuvchisini oshiradi. Bunda yakor tokining minimum nuqtalari (cos=1) o‘ngga tomon siljiydi. Bunga sabab, aktiv quvvatning ortishi bilan stator toki aktiv tashkil etuvchisi I1a ning ortishi tufayli statordagi I1axsn kuchlanish pasayishi ham ortadi. Tarmoq kuchlanish UT  const bo‘lganligidan yoki oshayotgan Iaxsn kuchlanish pasayishini qoplash uchun qo‘zg‘atish tokini oshirib EYuK E0 ni ham ko‘paytirishga to‘g‘ri keladi, chunki E0= U1+ jI1axsn .



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin