U. T. Berdiev


-Bob. Sinxron motorlar va kompensatorlar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə108/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

23-Bob. Sinxron motorlar va kompensatorlar
23.1§. Sinxron motorlarning ishlash prinsipi
Sinxron motorning tuzilishi umumiy holda sinxron generatorniki kabi (bunga oid ma’lumot 18.1-bobda keltirilgan) bo‘lishiga qaramasdan, uning konstruksiyasida ayrim farqlar mavjuddir. Sinxron mashinalar boshqa turdagi elektr mashinalari singari, qaytuvchanlik xossaga ega, ya’ni ular generator rejimida ham, motor rejimida ham ishlashi mumkin. Lekin elektr sanoati sinxron mashinalarni aniq rejim uchun, ya’ni faqat generator rejimida yoki motor rejimida ishlash uchun mo‘ljallab ishlab chiqaradi, chunki mashina ishining mazkur rejimlardagi o‘ziga xos xususiyatlari uning konstruksiyasiga har xil talablar qo‘yadi.
Sinxron motorlar asosan ayon qutbli (2p = (624) qilib tayyorlanadi; havo oralig‘i generatornikiga nisbatan kamroq qilinadi (bunda uning ishga tushirish toki kamayadi); ishga tushirish jarayonidagi elektromagnit momenti generatorlar momentiga nisbatan katta bo‘lishi uchun ularning ishga tushirish (dempfer) chulg‘ami katta toklarga mo‘ljallab hisoblanadi, chunki bu chulg‘am sinxron motorni ishga tushirishda asosiy vazifani bajaradi.
Sinxron motorlar katta quvvatli nasoslarda, ventilyatorlarda, havo haydagichlarda, kompressorlarda, sharli tegirmonlarda, prokat stanlarida va un tayyorlash tegirmonlarida foydalaniish mumkin.
Ishlash prinsipi. Sinxron mashina motor rejimda ishlashi uchun uning stator chulg‘amlariga uch fazali o‘zgaruvchan tok, qo‘zg‘atish chulg‘amiga esa o‘zgarmas tok beriladi. Stator chulg‘amida toklar vujudga keltirgan MYuK lar aylanma magnit maydonni hosil qiladi. Bu maydon qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tok bilan ta’sirlashib aylantiruvchi momentni hosil qiladi va u rotorni aylantiradi. Demak, sinxron motorning stator chulg‘amiga berilgan elektr energiya uning validagi mexanik energiyaga aylanar ekan. Sinxron motorlarning vektor diagrammalarini qurishda tok fazasini tarmoq kuchlanishi UT ga nisbatan aniqlash qabul qilingan. Sinxron motor stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish U(M), tok I1 va ular orasidagi vaqt bo‘yicha siljish burchagi  ma’lum bo‘lganda vektor diagrammani qurish sinxron generatorniki kabi amalga oshiriladi (23.1-rasmning chap tomoni). Masalan, ayon qutbli motor uchun quyidagi tenglamaga asosan quriladi (bunda katta va o‘rta quvvatli sinxron mashinalar uchun stator, ya’ni yakor chulg‘amining aktiv qarshiligini r1 = 0 deb qabul qilingan):
U(M) = E0 –jI1dxad – jI1qxaq – jI1x1. (23.1)
Agar diagrammani tarmoq kuchlanishi UT ma’lum bo‘lganda qurilsa, unda (23.1) tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
UT  E0 + jI1d xad + jI1q xaq + jI1x1 . (23.2)

(23.1) va (23.2) tenglamalarga mos keluvchi vektor diagrammalar yakor toki kuchlanishdan oldin keladigan, ya’ni o‘ta qo‘zg‘atishli rejimi uchun 23.1-rasmda ko‘rsatilgan. Bundan ko‘rinishicha, sinxron motorda yakorning bo‘ylama reaksiyasi o‘ta qo‘zg‘atishli rejimda magnitsizlovchi ta’sir qiladi (chunki MYuK vektori qo‘zg‘atish MYuK vektori qo’z vektoriga teskari yo‘nalgan). Shunga o‘xshash holda ko‘rsatish mumkinki, sinxron motorda kuchlanishdan vaqt bo‘yicha orqada qoluvchi tokda yakorning bo‘ylama reaksiyasi magnitlovchi ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin