U. T. Berdiev


§. Sinxron motorning burchak va U-simon xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə109/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

23.2§. Sinxron motorning burchak va U-simon xarakteristikalari
S inxron motor elektr tarmog‘idan elektr quvvat P1 ni iste’mol qiladi. Bu quvvatning bir qismi statorda yakor chulg‘amidagi elektr isroflari Pe1 ni va stator po‘lat o‘zagidagi isroflar Pm1 ni qoplashga sarflanadi. Elektr quvvati P1 ning qolgan qismi magnit maydon vositasida rotorga uzatiladi. Bu quvvatga elektromagnit quvvat Pem deyiladi; uning bir qismi mexanik Pmex va qo‘shimcha Pqo’sh isroflarga sarflanadi, qolgan qismi esa valdagi foydali quvvat P2 deyiladi.
Agar statordagi quvvat isroflari e’tiborga olinmay P1 Pem = P deb qabul qilinsa, ayon qutbli sinxron motor uchun elektromagnit quvvatni SG niki kabi quyidagicha yozish mumkin:
P  (mUE0 xd) sin(–)  (mU2 2)(1xq –1xd) sin(–2)  PP. (23.3)
Ayon bo’lmagan qutbli sinxron motorda xd = xq bo‘lgani sababli P tashkil etuvchisi bo‘lmaydi, ya’ni:
P  (mUE0 xd )sin. (23.4)
Agar (23.3) ni 1  2n160 ga bo‘lsak, u holda elektromagnit momentning formulasiga ega bo‘lamiz. Ayon qutbli sinxron motor uchun:
M  [mUE0 (1xd)]sin(–) [mU2(21)(1xq
– 1xd)]  sin(–2)  MM. (23.5)
Ayon bo’lmagan qutbli sinxron motor uchun:
M[mUE0 (xd)]sin(–). (23.6)
23.2,d-rasmda Ut = const, ft = const va Iqo’z = const bo‘lganda Mf() bog‘liqlik, ya’ni ayon qutbli sinxron mashina elektromagnit momentining burchak xarakteristikasi ko‘rsatilgan.

Bunda motor rejimida yuklanish burchagi  ning ishorasi manfiy bo‘ladi, chunki musbat ishora generator rejimi uchun qabul qilingan. Sinxron motorda elektromagnit moment stator magnit maydoni yo‘nalishiga mos bo‘lsa (23.2,b-rasm), sinxron generatorda esa u momentning yo‘nalishi stator magnit maydoni yo‘nalishiga teskari bo‘ladi (23.2,b-rasm).


Ayon qutbli sinxron motorda qo‘zg‘atish toki Iqo’z 0 (demak, E0  0) bo‘lsa ham M tashkil etuvchi hisobiga elektromagnit moment mavjud bo‘ladi. Tarmoq kuchlanishi Ut UNconst va valdagi quvvat P2  const chastota ft=fN=const bo‘lganda yakor toki I1 ning qo‘zg‘atish toki Iqo’z ga bog‘liqligi – I1 = f (Iqo’z) ni xarakterlovchi egri chiziqlarga motorning U-simon xarakteristikalari deyiladi (23.3-rasm).
Qo‘zg‘atish tokining nominal qiymati Iqo’z.N dan chap tomoni chala qo‘zg‘atish (E0t) va o‘ng tomoni esa o‘ta qo‘zg‘atish (E0 >Ut) hisoblanadi, yakor tokining minimum nuqtalarida esa cos = 1 bo‘ladi. O‘ta qo‘zg‘atishlida sinxron motor elektr tarmog‘iga reaktiv quvvat beradi, natijada tarmoqning yuklama ulangan qismida cos ning oshishiga yordam beradi. Undan tashqari, reaktiv quvvat iste’molining kamayishi elektr stansiyalardagi SG lar ishlab chiqarayotgan reaktiv quvvatni, elektr uzatish liniyalarida tok va isroflarni kamaytirishga imkon beradi. Shu sababli sinxron motorlarni nominal quvvatda o‘ta qo‘zg‘atish va cosN = 0,9 bilan ishlash uchun loyihalanadi. U-simon xarakteristikalardagi AB punktir chiziq (23.3-rasm) sinxron motorning statik turg‘unlik chegarasi hisoblanadi, bunda yuklanish burchagi  = kr bo‘ladi. Sinxron motorning salt ishlashi (ya’ni P = 0) dagi U-simon xarakteristikaning minimal nuqtasi abstsissalar o‘qigacha yetib kelmaydi (sinxron generatorniki esa yetib keladi).

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin