24.4§. Katta quvvatli istiqbolli sinxron mashinalar Turbogeneratorlar. Hozirgi vaqtda elektr mashinasozligidagi muammolardan biri katta quvvatli elektr mashinalarini yaratishdir. Bu muammoni amalga oshirish uchun elektr mashinasozligida sifatli elektrotexnik va konstruksion materiallarni va effektiv sovitish tizimlarini qo‘llash lozim bo‘ladi. Bu sohada turli xorijiy va MDH mamlakatlarida katta tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda Rossiyada quvvati 500 va 800 MW, aylanish chastotasi 3000 ayl/min bo‘lgan turbogeneratorlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. 1976 yildan buyon Rossiyada quvvati 1200 MW bo‘lgan ikki qutbli turbogenerator Kostroma IES da ishlatib kelinmoqda. Bu turbogene-ratorning stator chulg‘ami bevosita suv bilan, rotor chulg‘ami esa vodorod bilan sovitiladi. Xuddi shuningdek GFR va Shveytsariya davlatlarida quvvati 1200 MVA bo‘lgan ikki qutbli turbogenerator, AQSh da esa quvvati 1200 MVA bo‘lgan ikki qutbli turbogenerator va quvvati 1120 MVA bo‘lgan ikki qutbli turbogeneratori yaratilgan. AES da qo‘llaniladigan quvvati 500 MW bo‘lgan to‘rt qutbli turbogeneratori Rossiyada yaratilgan bo‘lib, uning chulg‘amlari suv bilan sovitiladi. Xuddi shuningdek Rossiyada quvvati 1000 MW bo‘lgan to‘rt qutbli turbogeneratori ham yaratillib, uning stator chulg‘ami suv bilan rotor chulg‘ami esa vodorod bilan sovitiladi. Fransiyada esa eng katta quvvatli 1480 MW, GFR da esa quvvatlari 1360 va 1200 MW bo‘lgan to‘rt qutbli turbogeneratorlari yaratilgan. Xuddi shunday quvvatli to‘rt qutbli turbogeneratorlar AQSh da ham tayyorlangan. Hozirgi vaqtda Rossiyada chulg‘amlari suv bilan sovitiladigan quvvati 800 MW aylanish chastotasi esa 3000 aylmin bo‘lgan ikkita ikki qutbli turbogenerator ishlatilmoqda.
Gidrogeneratorlar. Keyingi vaqtlarda Rossiyada Krasnoyarsk GES uchun quvvati 590 MVA, aylanish chastotasi 90 aylmin va Sayano-Shushensk GES uchun esa quvvati 711 MVA, aylanish chastotasi 142 aylmin bo‘lgan gidrogeneratorlar yaratilgan bo‘lib, stator chulg‘ami suv bilan rotor chulg‘ami esa havo bilan sovitiladi. Bundan tashqari Nurek GES (Tojikiston) uchun ishlab chiqarilgan, quvvati 353 MVA, aylanish chastotasi 200 aylmin bo‘lgan gidrogenerator ishlatilmoqda. Generatorning stator va rotor chulg‘amlari suv bilan, stator po‘lat o‘zagi esa havo bilan sovitiladi. Rogun GES (Tojikiston) uchun quvvati 667 MVA, aylanish chastotasi 167 aylmin bo‘lgan va stator hamda rotor chulg‘amlari suv bilan sovitiladigan gidrogeneratorlar yaratilgan.
24.1-jadval
Generatorlarning turi
Alstom, Fransiya
Vestingauz, AQSh
ToshibaXitachi
Elektro- sila, Rossiya
UETM, Rossiya; Simens FRG
Šuvvati, MVAMW
500 / 475
615/600
700/630
711/640
353/300
Aylanish chastotasi, aylmin
200
72
112,5
142,8
200
Kuchlanishi, V
15
15
18
15,75
15,75
Stator chulg‘amini sovitish tizimi
havo
havo
havo
suv
suv
Rotor chulg‘amini sovitish tizimi
havo
havo
havo
havo
suv
Quvvat koeffitsienti
FIK, %
0,95
–
0,95
98,37
0,9
98
0,9
98,3
0,85
98,3
24.1-jadvalga izoh: « – » ishora ma’lumot noma’lum ekanligini bildiradi.
Shvetsiyada quvvati 190 MVA, aylanish chastotasi 375 aylmin bo‘lgan gidrogeneratori yaratilgan. Agarda bu generator faqat suv bilan sovitilsa uning quvvatini 1000 MW ga oshirish mumkin bo‘lar ekan. Eng katta quvvatli gidrogeneratorlarning ayrim parametrlari 24.1-jadvalda keltirilgan.