U. T. Berdiev


-Bob. Sinxron mashinalarning istiqbolli turlari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə114/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

24-Bob. Sinxron mashinalarning istiqbolli turlari
24.1§. Krioturbogenerator.
Uning rotori suyuqlangan geliy bilan sovitilgan kriostatdan iborat bo‘ladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amida tok zichligi 100 A/ mm2 mashinaning havo oralig‘idagi induksiya esa 1,31,5 T ga yetadi. Bunday induksiyalarda kriogenerator statori tishsiz qilib tayyorlanadi. Stator chulg‘ami suv bilan sovitiladi. Krioturbogeneratorlar hozirgi vaqtda ishlab chiqarish bosqichida tajriba sinovlaridan o‘tkazilmoqda.
Asinxronlashtirilgan turbogeneratorlar (ASTG). Turbogeneratorlarning quvvati oshgan sari ularning parametrlari yomonlasha boradi; bu hol esa energetika tizimining ekspluatatsiya shartlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Reaktiv qarshiliklar qiymatlarining oshishi, generatorlarning inersiya momentlarining kamayishi, hamda elektr uzatish liniyalari (EUL) uzunligining va ular orqali uzatiladigan quvvatlarning oshishi elektr tizimlarining dinamik turg‘unligini pasaytiradi. Energetika tizimida aktiv yuklamaning kamaygan soatlarida ortiqcha reaktiv quvvatning hosil bo‘lishi EUL da me’yordan ortiq kuchlanishning oshishi vujudga keladi. Sinxron generatorlar katta qiymatli reaktiv quvvatni iste’mol qilish rejimida, hatto kuchli ta’sir qiluvchi regulyatorlar bo‘lganda ham turg‘un ishlay olish qobiliyatiga ega emaslar.
Agar EUL da magnitlanish o‘qi buriladigan sinxron turbogeneratorlar (shu jumladan, ASTG lar) qo‘llanilsa. yuqorida ko‘rsatilgan muammolarni echishda katta ijobiy natijalar olinadi. ASTG ning odatdagi sinxron generatordan farqi shuki, uning rotorida biri-biridan fazoda 90 burchakka siljigan ikki fazali qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtirilgan bo‘lib, ular boshqariladigan statik o‘zgartgichga ulanadi. Ikki fazaga alohida o‘zgarmas tok berib ishlatilsa, ASTG odatdagi sinxron rejimda ishlaydi. Bunday rejimda ishlaydigan sinxron generatorlarni ikki o‘qi bo‘yicha qo‘zg‘atishli yoki bo‘ylama-ko‘ndalang qo‘zg‘atishli sinxron mashinalar deyiladi.
24.2§. Magnitlanish o‘qi buriladigan sinxron mashinalar

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin