U. T. Berdiev


Bo‘ylama – ko‘ndalang qo‘zg‘atishli sinxron mashinalar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə115/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Bo‘ylama – ko‘ndalang qo‘zg‘atishli sinxron mashinalar. Bunday sinxron mashinalarning stator tuzilishi an’anaviy sinxron mashinalarnikidan farq qilmaydi. Sinxron mashina rotoridagi tinchlantiruvchi (generator rejimida) yoki ishga tushirish chulg‘ami (motor rejimida) o‘rniga ikki yoki m fazali qo‘zg‘atish chulg‘ami joylashtiriladi. Quyida ikki fazali, chulg‘ami bo‘lgan ayon bo’lmagan va ayon qutbli rotorning tuzilishini ko‘rib o‘tamiz. Bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinaning rotori ayon bo’lmagan qutbli bo‘lsa, simmetrik ikki fazali qo‘zg‘atish chulg‘ami rotor pazlariga xuddi yakor chulg‘ami yoki faza rotorli asinxron motorning rotor chulg‘ami kabi o‘ralgan bo‘ladi. Agar ikki chulg‘am "ax" va "by" lar har xil bo‘lsa, ya’ni nosimmetrik bo‘lsa, ular har xil hajmni egallaydi. 24.1,a-rasmda "ax" chulg‘am umumiy pazlarning 34 qismini, «by» chulg‘am esa 14 qismini egallagan bir qatlamli ayon bo’lmagan qutbli rotorning chulg‘amlari ko‘rsatilgan. Ayon bo’lmagan qutbli bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinalarda bo‘ylama o‘qi "ax" qo‘zg‘atish chulg‘amining o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘lib, uning musbat yo‘nalishi "ax" chulg‘amning magnit oqimi bilan bir xilda yo‘nalgan bo‘ladi. Ko‘ndalang o‘q «q» esa "by" qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘qi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Shu sababli "ax" qo‘zg‘atish chulg‘amini – bo‘ylama, "by" qo‘zg‘atish chulg‘amini esa ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘amlari deyiladi.

Bo‘ylama-ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinaning rotori ayon qutbli bo‘lsa, u holda qo‘zg‘atish chulg‘amlari "ax" va "by" larni bir xil, ya’ni simmetrik qilish mumkin emas. Asosiy bo‘ylama qo‘zg‘atish chulg‘ami "ax" xuddi oddiy sinxron mashinalardagi qo‘zg‘atish chulg‘ami kabi joylashtiriladi, qo‘shimcha ko‘ndalang chulg‘ami "by" esa dempferlovchi (motor rejimida «ishga tushiruvchi») chulg‘am o‘rnida joylashtiriladi (24.1,b-rasm) va bu chulg‘amning MYuK asosiy chulg‘am MYuK ning 1520 % ni tashkil etishi mumkin. Bunday sinxron mashinalarning ishlash prinsipi oddiy sinxron mashinanikidan farq qilmaydi, faqatgina o‘tish jarayonlar vaqtida ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘ami "by" ishga tushiriladi. Ikkala qo‘zg‘atish chulg‘amiga ham o‘zgarmas tok manbasidan kuchlanish beriladi. Bu mashinalar motor, generator, sinxron kompensator rejimlarida ishlashi mumkin. Bo‘ylama-ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha qo‘zg‘atiladigan sinxron mashinalarning ekspluatatsion xarakteristikalari magnitlanish o‘qi burilishi tufayli an’anaviy sinxron mashinalarnikidan afzal bo‘ladi, chunki yakor reaksiyasining ta’siri ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘ami MYuK tomonidan kompensatsiyalanadi. Natijada, qo‘shimcha ko‘ndalang qo‘zg‘atish chulg‘ami MYuK ning ijobiy ta’siri tufayli mashinaning statik va dinamik turg‘unligi oshadi, erkin va majburiy tebranishlar chastotalari tenglashgan holda rezonans hodisalaridagi mashina parametrlarining katta amplituda bilan tebranishlarini (24.1,d-rasm) so‘ndirish imkoni tug‘iladi.


Hozirgi vaqtda Ukrainada Rossiya hamkorligida quvvati 320 MVA bo‘lgan bo‘ylama-ko‘ndalang qo‘zg‘atishli ayon bo’lmagan qutbli sinxron kompensator ishlab chiqarilgan va samarali ishlatilmoqda.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin