U. T. Berdiev


O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə123/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

O‘zgarmas tok mashinasining tuzilishi. O‘T mashinasining qo‘zg‘almas qismini – stator, aylanuvchi qismini esa – yakor deyiladi.
Stator – sifatli po‘latdan tayyorlanadigan stanina (tana gardishi) va uning ichki tomoniga mahkamlangan bosh hamda qo‘shimcha qutblardan iborat. Stanina va qutblar o‘zagi magnit tizimning tarkibiy qismiga kiradi. Asosiy qutb o‘zagi qalinligi 1 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘iladi. Mashina havo oralig‘ida magnit maydonni zaruriy shaklda taqsimlash maqsadida asosiy qutblarning yakor tomonidagi uchiga maxsus («qutb uchligi») shakl beriladi (26.1-rasm).
Qo‘zg‘atish chulg‘amining g‘altaklari qutb o‘zaklariga kiydiriladi va staninaga siqib mahkamlanadi. O‘rta va katta quvvatli O‘T mashinalarida sovitish yuzani oshirish uchun qo‘zg‘atish g‘altaklarini ikki qismga bo‘ladilar. Asosiy qutb g‘altaklarini shimoliy va janubiy qutblar navbatma-navbat keladigan tartibda ulab qo‘zg‘atish chulg‘ami hosil qilinadi. Bu chulg‘am mashinada asosiy maydon hosil qilish uchun xizmat qiladi.
Q uvvati 1 kW va undan katta bo‘lgan O‘T mashinalarida kommutatsiya jarayonida sodir bo‘ladigan uchqunlanishni kamaytirish uchun qo‘shni joylashgan bosh qutblar orasida (mashinaning ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha) qo‘shimcha qutblar o‘rnatiladi. Qo‘shimcha qutblar o‘zagi yaxlit po‘lat yoki qalinligi 1 mm po‘lat listlaridan yig‘ilgan bo‘ladi. O‘zakka to‘g‘ri burchak kesimli simdan tayyorlangan chulg‘am g‘altagi o‘rnatiladi.

2 6.1-rasm. Quvvati 6 kW, aylanish chastotasi n = 1500 ayl/min, UN = 220 V bo‘lgan o‘zgarmas tok mashinasi: 1 – sharikli podshipnik; 2 – oldingi (kollektor tomonidagi) podshipnik qalqoni; 3 – kollektorni plastmassa bilan mahkamlagich; 4 – cho‘tka tutqich barmog‘i; 5 – kollektor plastinasi; 6 – stanina (tana gardishi); 7 – yakor o‘zagi; 8 – yakor chulg‘ami pazdan tashqari qisminining bandaji (kamari); 9 – orqa tomondagi podshipnik qalqoni; 10 – ventilyator; 11 – val; 12 – bosh qutb; 13 – bosh qutb qo‘zg‘atish g‘altagi; 14 – qo‘shimcha qutb qo‘zg‘atish g‘altagi; 15 – qo‘shimcha qutb; 16 – yakor chulg‘ami joylashtirilgan paz; 17 – cho‘tka tutqich; 18 – cho‘tka


.
Yakor (26.2-rasm) – val va unga o‘rnatilgan silindrik shakldagi po‘lat o‘zak, uning pazlariga joylashtirilgan yakor chulg‘ami va uning seksiyalarini ulash uchun ma’lum tartibda yig‘ilgan maxsus shakldagi mis plastinalari majmuasi (kollektor)dan iborat (26.3-rasm).
Y akorning po‘lat o‘zagi qalinligi 0,35 yoki 0,5 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat listlardan yig‘ilgan bo‘ladi. Bu holda magnit maydonda yakor aylanishida o‘zakda hosil bo‘ladigan uyurma toklar ta’siri keskin kamayadi. Yakor pazlaridagi chulg‘am seksiyalarini maxsus ponalar bilan, pazdan tashqari qismlarini esa bandaj (kamar)lar bilan mahkamlanadi. Kollektor (yig‘uvchi) sovuq holda jo‘valangan qattiq misdan tayyorlangan ponasimon kesimli plastinalardan silindr shaklida yig‘iladi. Plastinalar bir-biridan mikanit qistirmalar bilan izolyatsiyalanadi. Kam va o‘rta quvvatli O‘T mashinalarida kollektor plastinalari va mikanit qistirmalar plastmassa yordamida presslab mahkamlanadi (26.3,b-rasm).Yig‘ilgan kollektor qizdirilgan holda valning yakor chulg‘ami yoniga joylashtirib mahkamlanadi. Kollektor plastinalarining yakor chulg‘ami tomonidagi chiqib turadigan qismiga chulg‘am seksiyalari kavsharlanadi.

K ollektor plastinalari yakor chulg‘ami o‘ramlarini ketma-ket ulaydi. Kollektor yakor chulg‘ami bilan birga aylanadi, uning yuzasida chulg‘amni tashqi elektr zanjiri bilan bog‘lovchi cho‘tkalar traversaga (yoki podshipnik qalqoniga) mahkamlangan cho‘tka tutqichlar yordamida qo‘zg‘almas holatda tutib turiladi.


Traversa – zarurat tug‘ilganda cho‘tkalar tizimini mashina qutblariga nisbatan siljitish imkonini beruvchi qurilmadir (26.4-rasm). Cho‘tkalar va qo‘zg‘atish chulg‘amidan chiqqan simlar maxsus klemma (qisqich)lar taxtachasiga chiqarilgan bo‘ladi. O‘T mashinasini sovitish uchun uning valiga ventilyator o‘rnatiladi. Valning ikkala tomoniga podshipnik qalqonlari mahkamlanadi.


O ‘T mashinalari qo‘zg‘atilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi (26.5-rasm): mustaqil, ketma-ket, parallel, aralash qo‘zg‘atishli va doimiy magnitli. O‘T mashinasining mustaqil qo‘zg‘atishli turida qo‘zg‘atish chulg‘amiga tashqi O‘T manbasidan tok berib asosiy maydon hosil qilinadi (26.5,a-rasm); parallel qo‘zg‘atishlida (26.5,b-rasm) mashinaning asosiy magnit maydoni qutb o‘zagidagi qoldiq magnit oqimi ta’sirida, ya’ni o‘z-o‘zini qo‘zg‘atish hodisasi tufayli hosil bo‘ladi; ketma-ket qo‘zg‘atishli turida (26.5,c-rasm) mashinaning asosiy maydoni yuklama ulangandan keyingina hosil bo‘ladi, chunki qo‘zg‘atish chulg‘ami yakor chulg‘amiga ketma-ket ulangan bo‘ladi; aralash qo‘zg‘atishli turida (26.5,d-rasm), salt ishlash rejimda mashinaning asosiy magnit maydonini parallel qo‘zg‘atishli chulg‘am hosil qiladi, yuklama bilan ishlaganda esa qo‘zg‘atish maydonini parallel va ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘amlarining natijaviy maydoni tufayli hosil bo‘ladi.

O‘T mikromashinalarining ko‘pchiligida mashinaning asosiy maydoni doimiy magnit vositasida hosil qilinadi (26.5,e-rasm). Bu holda mashinaning qo‘zg‘atish chulg‘ami vazifasini doimiy magnit bajaradi.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin