U. T. Berdiev


O‘zgarmas tok mashinasining generator rejimda ishlash prinsipi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə124/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

O‘zgarmas tok mashinasining generator rejimda ishlash prinsipi. O‘T mashinasining rotori birlamchi motor bilan aylantirilganda yakor chulg‘ami o‘tkazgichlari qo‘zg‘atgich chulg‘ami magnit maydonini kesib o‘tishi tufayli ularning har birida elektromagnit induksiya hodisasiga binoan o‘zgaruvchan EYuK hosil bo‘ladi. Uning oniy qiymati quyidagiga teng:
e = B l v, (26.1)
bunda B – magnit maydon induksiyasi; l – o‘tkazgichning uzunligi; v – tezlik.
EYuK ning yo‘nalishi «o‘ng qo‘l» qoidasi (2,a-rasm) bilan aniqlanadi. Yakorning burchak tezligi v (yoki aylanish chastotasi n) o‘zgarmas bo‘lsa, yakor chulg‘ami EYuK ning kattaligi va yo‘nalishi mashina havo oralig‘i magnit induksiyasining kattaligi va yo‘nalishi bilan aniqlanar ekan.
O‘T generatorining ishlash prinsipini eng oddiy O‘T generatori misolida ko‘rib chiqamiz (26.6-rasm). Bunda mashinaning magnit qutblari orasida erkin aylanadigan po‘lat silindrga ikkita («ab» va «cd») o‘tkazgichning ketma-ket ulanishidan hosil bo‘lgan bitta o‘ram o‘rnatilgan bo‘lib, u yakor chulg‘amining eng oddiy bir qismidir. Yakor o‘ramining uchlari 2 ta yarim halqaga ulangan. Yarim halqalarga 2 ta qo‘zg‘almas cho‘tka tegib turadi. Yakor aylantirilganda yarim halqalar o‘tkazgichlar bilan mos aylanadi. Mazkur yarim halqalar ko‘rilayotgan oddiy O‘T mashinasining kollektoridir.
O‘tkazgichda hosil bo‘lgan EYuK ning vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi mashina havo oralig‘ida magnit induksiyaning taqsimlanish shakliga mos keladi. Yakor aylanganda uning chulg‘am o‘tkazgichlari («ab»,«cd») magnit maydonda magnit induksiyaning kattaliklari har xil bo‘lgan holatlarni egallaydi (26.6,b-rasm). Bunda o‘tkazgichlar har xil magnit qutblar tagidan o‘tgani tufayli unda hosil bo‘lgan EYuK va, demak, yakor chulg‘amidagi tok ham sinusoidal shaklda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yakor 180 ga burilganda o‘ramdagi EYuK (yoki tok) ning yo‘nalishi teskariga o‘zgaradi. Lekin cho‘tkalar qutbiyligi (ishorasi) va zanjirning tashqi qismida tokning o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan paytda cho‘tkalar tagidagi kollektor plastinalarining ham joyi almashinadi. Shunday qilib, «A» cho‘tka tagida hamma vaqt shimoliy qutb ta’siridagi, «B» cho‘tka tagida esa janubiy qutb ta’siridagi o‘tkazgich ulangan plastina turadi. Natijada O‘T generatorida yakor chulg‘amidagi o‘zgaruvchan tok kollektor va cho‘tkalar vositasida zanjirning tashqi qismidagi pulsatsiyalanadigan tokka aylantiriladi (26.6,c-rasm). Agar yakor chulg‘ami fazoda bir-biriga nisbatan 90 da joylashgan ikkita o‘ramdan iborat bo‘lsa (26.6,b-rasm), tashqi zanjirda tokning pulsatsiyalanishi keskin kamayadi (26.6,c-rasm). Albatta, yakor chulg‘ami bitta yoki ikkita o‘ramdan emas, balki bir necha o‘ramdan iborat bo‘ladi. Natijada tokning tashqi zanjirdagi pulsatsiyasi keskin kamayadi. Masalan, chulg‘amdagi o‘tkazgichlar soni 16 ta (o‘ramlar soni 8 ta) bo‘lsa, tokning pulsatsiyasi sezilmay qoladi va generatorning tashqi zanjiridagi EYuK (yoki tok) ni faqat yo‘nalishi bo‘yicha emas, balki kattaligi bo‘yicha ham o‘zgarmas deyish mumkin bo‘ladi.
Yakor chulg‘amiga yuklama ulanganda o‘tadigan tok asosiy maydon bilan ta’sirlashib elektromagnit kuch va moment hosil qiladi. Elektromagnit kuchning qiymati Amper qonuniga binoan quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Fem = Vo'rt Ia . (26.2)
Bu kuchning yo‘nalishi «chap qo‘l qoidasi» (2,b-rasm) bo‘yicha aniqlanadi.

Bu kuch hosil qilgan elektromagnit moment quyidagiga teng bo‘ladi:


M = FemD/2 = CmF Ia , (26.3)
bunda D/2 – yakorning radiusi; Cm = pN/(2a) – mashina konstruksiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas son. Mashina generator rejimida ishlaganda bu momoment tormozlovchi ta’sir etadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin