U. T. Berdiev


§. O‘zgarmas tok mashinalari chulg‘amlarini hisoblash tartibi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə127/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

26.3§. O‘zgarmas tok mashinalari chulg‘amlarini hisoblash tartibi
O‘TM chulg‘amlarini hisoblash quyidagicha amalga oshiriladi.
1. (26.13)(26.16) lar bo‘yicha chulg‘am simmetriya shartlari tekshiriladi.
2. (26.7)  (26.9) formulalar bo‘yicha chulg‘amning qadamlari aniqlanadi.
3. Chulg‘amning yoyilma sxemasi chiziladi, buning uchun: a) yakor pazlari seksiyalarining aktiv tomonlari bilan sxematik tarzda chiziladi; b) seksiyaning aktiv tomonlari ulangan kollektor plastinalari shu seksiyaga nisbatan simmetrik qilib joylashtiriladi; v) seksiyalar va pazlar (1-seksiyaning yuqori qatlami 1-pazda, 2-seksiyaning yuqorigi qatlami 2-pazda va hokazo tarzda joylashadigan qilib) hamda kollektor plastinalari nomerlab chiqiladi (pazni nomerlash ixtiyoriy bo‘lib, uni xohlagan pazdan boshlash mumkin); g) tish bo‘linmalari birligida o‘lchangan qutb bo‘linmasi Z= Z/(2p) aniqlanadi va yakor yoyilmasi bo‘yicha geometrik neytralni bir-biridan "" masofada joylashtirib, qutblarning ta’sir oralig’i chegaralanadi. Qutbning eni (bm) taxminan bm= 0,8Z ga teng qilib olinadi; d) yakorga hamma seksiyalarni oldin aniqlangan y1, y, y2, yk qadamlar bo‘yicha joylashtirib chiqiladi; e) cho‘tkalar joyiga qo‘yiladi va ularning qutbiyligi (ishorasi) aniqlanadi. Buning uchun yakorning aylanish yo‘nalishi va qutblarning ishorasi ixtiyoriy tanlanadi. So‘ngra «o‘ng qo‘l» qoidasiga ko‘ra, yakor chulg‘ami o‘tkazgichlaridagi EYuK larning yo‘nalishi aniqlanadi (26.9-rasm); j) bir necha tenglashtiruvchi ulanishlar qo‘yib chiqiladi (26.9-rasm).
4. Chulg‘amning yoyilgan sxemasi bo‘yicha, uning prinsipial elektr sxemasi tuziladi. Sxemani chizish ixtiyoriy cho‘tkadan boshlanadi va shu cho‘tkaning o‘zida tugallash kerak bo‘ladi (26.9-rasm).
26.4§. Sirtmoqsimon chulg‘amlar
Oddiy (bir yo‘lli) sirtmoqsimon chulg‘amda har qaysi seksiyaning boshi va oxiri yonma-yon yotgan ikkita kollektor plastinalariga ulangan bo‘ladi. Bunda har qaysi oldingi seksiyaning oxiri keyingi seksiyaning boshi bilan ulanadi va shu tarzda chulg‘am so‘nggi seksiyasining oxiri birinchi seksiyaning boshi bilan, ya’ni chulg‘am tutashgunga qadar yakor aylanasi bo‘yicha (kollektor bo‘yicha ham) ulab boriladi.
26.1–m i s o l. Seksiyalari bir o‘ramli, oddiy, o‘ng yo‘lli, ikki qatlamli sirtmoqsimon chulg‘amni Z=18, 2p = 4, yp=1, 2a = 2p berilganlar bo‘yicha hisoblash, yoyilma va elektr sxemalarini chizish talab etilgan bo‘lsin. Buning uchun (26.13)(26.16) lar bo‘yicha chulg‘amning simmetriya shartlarini tekshiramiz: S3= 18/18 =1; S4= 18/2 =9; S5=18/2 =9; S6= 4/2= 2, demak, S3S6 lar b.c., binobarin, hamma simmetriya shartlariga rioya qilingan. Berilgan chulg‘amni hisoblash yuqorida keltirilgan tartibda quyidagicha amalga oshiriladi.
Oddiy o‘ng yo‘lli sirtmoqsimon chulg‘am uchun (26.9) formulaga muvofiq y =yk =+1. Elementar pazlar soni yp =1 bo‘lgani uchun (26.4) formulaga ko‘ra
Ze= Z = S = K =18 ga ega bo‘lamiz.
Chulg‘amning birinchi y1 va ikkinchi y2 qadamlarini (26.7 va 26.8) formulalar bo‘yicha hisoblaymiz: y1= Ze /(2p)   = 18/4  2/27. Chulg‘am qadami butun son bo‘lishi shart, shu boisdan y1 = 4 deb qabul qilamiz, ya’ni qisqartirilgan qadam olamiz, chulg‘amning ikkinchi qadami esa y2 = y1–y = 4–1= = 3 ga teng bo‘ladi.
M azkur chulg‘amni yoyilma sxema tarzida chizish uchun tekislikda 18 ta vertikal to‘g‘ri chiziq o‘tkazamiz, ular elementar pazlarni tasvirlaydi. Bunda tutash chiziqlar seksiyaning birinchi aktiv tomonini, ya’ni pazdagi chulg‘amning yuqorigi qatlamini, punktir chiziqlar esa shu pazda joylashgan boshqa seksiyaning ikkinchi aktiv tomonini ifodalaydi. Seksiyalarni (ularning boshi bo‘yicha) va kollektorlarni chapdan o‘ngga tomon nomerlaymiz. Elementar pazlarning yuqorigi qatlamida yotuvchi seksiyalarning 1-tomonlari bilan ulangan kollektor plastinalarini bir xil raqamlar bilan belgilaymiz va 1-kollektor plastinasidan boshlaymiz. Uni 1-seksiyaning boshi bilan tutash chiziq yordamida birlashtiramiz. Bu seksiyaning ikkinchi tomoni (1 + y1= 5)-elementar pazning pastki qatlamida yotadi va 2-kollektor plastinasi (5–y2=2) ga punktir chiziq bilan ulanadi. Xuddi shu plastinaga 2-seksiyaning boshini ulaymiz, so‘ngra yana y1= 4 qadam tashlab, bu seksiyaning oxirini (2+y1= 6)-elementar pazning pastki qatlamiga joylashtiramiz va hokazo. Nihoyat, so‘nggi, ya’ni 18-seksiyaning boshini 18-elementar pazning yuqorigi qatlamiga, oxirini esa 4-pazning pastki qatlamiga joylashtiramiz va 1–chulg‘am boshlangan kollektor plastinasiga ulaymiz.Natijada chulg‘am butunlay tutashtirilgan bo‘ladi (26.9-rasm). Oddiy sirtmoqsimon chulg‘amda kollektor plastinalari quyidagicha joylashtiriladi. Masalan, 1-kollektor plastinani simmetrik joylashtirish uchun:
a) 1 va 2-kollektor plastinalarini ajratib turuvchi chiziq oddiy chulg‘amlarda 1- seksiya o‘qi bilan ustmaust tushishi kerak;
b) seksiyaning har ikki uchlarining uzunligi bir xil, ya’ni ab = a1b1 bo‘lishi kerak (26.9-rasm).
Bizning misolimizda yoyilma chizig‘i 18 va 1-pazlar orasida joylashgan geometrik neytral bilan ustma-ust tushgan. Barcha seksiyalarni ulab bo‘lgandan keyin sxemada qutblar tasvirlanadi; ularning o‘rtasi (o‘qi) bir-biridan  masofada bo‘ladi. Magnit maydon kuch chiziqlarining yo‘nalishini odatda shimoliy qutb N dan yakor chulg‘ami tomon chiqib, janubiy qutb S ga kiradigan qilib olinadi. Yakor soat strelkasiga teskari yo‘naladi deb olamiz va EYuK larning yo‘nalishini seksiyaning yuqorigi qatlamlarida ko‘rsatish tavsiya etiladi. Sxemaning eng muhim jihatlaridan biri, unda cho‘tkalarning to‘g‘ri joylashtirilishidir. Cho‘tkalarni kollektorning aylanasi bo‘ylab geometrik neytrallarda mutlaqo bir tekis o‘rnatish zarur. Bunda yakordagi neytral bilan kollektordagi neytralni bir-biridan ajrata bilish zarur.
Yakordagi neytral – mashinaning geometrik neytrali, kollektordagi neytral esa mazkur cho‘tkaning ro‘parasidagi qutb o‘qi bilan ustma-ust tushadigan chiziqdir. Chulg‘amning qadami to‘la bo‘lgandagina seksiyaning tomonlari geometrik neytral chiziqlari bilan ustma-ust tushadi, chulg‘am qisqartirilgan qadamli bo‘lganda esa bu tomonlar geometrik neytral yaqinida yotadi. Seksiyaning pazlardan tashqarida joylashgan qismi simmetrik ulangan bo‘lsa cho‘tkalar kollektorga qutblarning o‘qi bo‘yicha o‘rnatiladi. Ko‘rib chiqilayotgan onda cho‘tkalar orqali qisqa tutashgan seksiyalar neytral oraliqlarda yotadi (26.9-rasm). Qolgan qutblar va cho‘tkalarning o‘qlari biri undan keyingisidan 180 el. gradusli yoy masofasida turishi, ya’ni qutblar Ze /(2р) seksiya masofasida (ko‘rilayotgan misolda – 18 / 4 =4,5), cho‘tkalar esa K / (2p) kollektor plasti-nalari masofasi (ko‘rilayotgan holda – 18 / 4 = 4,5)da turishi kerak. Oddiy sirtmoqsimon chulg‘amlarda cho‘tkalar soni qutblar soniga teng.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin