Chulg‘amlarning simmetriya shartlari. Mashinaning ishlashiga eng yaxshi sharoitlar yaratib berish uchun chulg‘amning hamma parallel shoxobchalarining EYuK lari va ularning qarshiliklari bir xil bo‘lishi zarur. Bu holda barcha parallel shoxobchalarning toki ia bir xil va quyidagiga teng bo‘ladi:
ia = Ia/(2a), (26.12)
buning uchun ular bir xil magnit sharoitida bo‘lishi kerak. Bu talablarni qondiruvchi chulg‘am simmetrik chulg‘am deyiladi. Bunda:
1. Yakorda pazlar bir tekis taqsimlanishi kerak:
S/Z = K/Z = b.s. , (26.13)
2. Ko‘p qutbli (p >1) mashinalarda chulg‘amning har qaysi juft parallel shoxobchalari tarkibida butun songa teng bo‘lgan bir xil seksiyalar va kollektor plastinalari bo‘lishi kerak:
S/a = K/a = b.s., (26.14)
3. Har qaysi parallel shoxobchaning seksiyalari yakorda bir xil sondagi pazlarni egallashi kerak:
Z/a = b.s. , (26.15)
4. Chulg‘amning simmetrik joylashgan parallel shoxobchalari magnit maydonida bir xil vaziyatda bo‘lishi kerak:
2 p/a = b.s., (26.16)
(26.13)(26.16) lar O‘T mashinalari yakor chulg‘amlarining simmetriya shartlaridir. Bu simmetriya shartlari bajarilmasa chulg‘am nosimmetrik bo‘lib, undan va cho‘tkalardan mashinaning ishiga salbiy ta’sir etuvchi tenglashtiruvchi toklar o‘tadi.
O‘zgarmas tok mashinasi chulg‘amlari uchlarining belgilanishi.Xalqaro standartga moslashtirib ishlab chiqilgan standart (ГОСТ 26772–85) ga muvofiq 1.01.1987 dan MDH mamlakatlari elektr mashinasozligi zavodlarida ishlab chiqarila boshlagan O‘T mashinalari chulg‘amlari uchun yangicha belgilanish joriy qilingan (26.1-jadval).
O‘zgarmas tok mashinasi chulg‘amlari uchlarining eski va yangi (ГОСТ 26772-85) belgilanishiga oid ma’lumot.
26.1-jadval.
Chulg‘amning nomi
O‘zgarmas tok mashinasi chulg‘amlari uchlarining belgilanishi
1.01.1987 yilgacha ishlab chiqarilgan va modernizatsiya qili-nadigan mashinalar uchun (eski)
1.01.1987 yildan keyin ishlab chi-qarilgan mashina-lar uchun (Yangi)
Boshi
Oxiri
Boshi
Oxiri
Yakor chulg‘ami
Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘ami
Parallel qo‘zg‘atish chulg‘ami
Ketma-ket qo‘zg‘atish chulg‘ami
Šo‘shimcha qutblar chulg‘ami
Kompensatsion chulg‘am