Yakor chulg‘amining parallel shoxobchalari. Yakorning aylanish yo‘nalishini belgilab o‘ng qo‘l qoidasi bo‘yicha EYuK lar yo‘nalishi aniqlanadi. Cho‘tkalarning ishorasini aniqlashda qaysi cho‘tka (yoki cho‘tkalar)dan tashqi zanjirga tok yo‘nalgan bo‘lsa u (yoki ular) musbat ishorali (ko‘rilayotgan holda B1 va B2 cho‘tkalar), qolgan (A1 va A2) cho‘tkalar esa manfiy ishorali hisoblanadi. Bir xil ishorali cho‘tkalar parallel ulanib mashinaning tegishli klemmalariga chiqariladi. Oddiy chulg‘amlarda har bitta cho‘tkaning eni bitta kollektor plastinasi enidan kichik bo‘lmasligi kerak, masalan, elementar pazlari yp >1 bo‘lgan oddiy sirtmoqsimon teng seksiyali chulg‘amda cho‘tkalarning eni "yp" ta kollektor plastinani yopadigan bo‘lishi kerak.
To‘rtta cho‘tkani to‘rtta qutbning ostiga o‘rnatgandan keyin (chunki bizning misolimizda 2p = 4) sxema bo‘yicha yakor chulg‘amining seksiyalarida (26.9-rasm) EYuK (yoki tokning) yo‘nalishini kuzatib, oddiy sirtmoqsimon chulg‘amning parallel shoxobchalari sonini aniqlash mumkin.
P arallel shoxobcha chulg‘amning ikkita turli ishorali qo‘shni cho‘tkalari orasida ketma-ket ulangan, hamda EYuK (yoki toki) bir xil yo‘nalishga ega bo‘lgan, bir necha seksiyadan iborat qismdir. Parallel shoxobchalar ulanishlarining elektr sxemasi 26.9-rasmdagi yoyilma sxema yordamida chiziladi. Qog‘oz varag‘ining bir tomonida bir xil ishoradagi (faraz qilaylik manfiy) cho‘tkalar va ular te-gib turgan kollektor plastinalari ko‘rsatiladi, o‘ng tomonda esa musbat ishorali cho‘tkalar joylashtiriladi.
So‘ngra 1-seksiyadan boshlab chulg‘am seksiyalarini aylanib chiqish boshlanadi. Bu seksiyalar ko‘rilayotgan onda A1 cho‘tka bilan qisqa tutashgan bo‘ladi va shuning uchun u ishchi seksiya bo‘la olmaydi. Keyin 2, 3, 4 va 5-seksiyalari keladi, ular o‘zaro ketma-ket ulanadi va bitta parallel shoxobchani hosil qiladi. 5-seksiya musbat ishorali B1 cho‘tka o‘rnatilgan 6-kollektor plastinasi bilan ulanadi. Xuddi shu tartibda butun chulg‘am aylanib chiqiladi.
Tahlil qilinayotgan chulg‘am to‘rtta parallel shoxobchadan iborat. Oddiy sirtmoqsimon chulg‘amda parallel shoxobchalar soni doimo mashina qutblari soniga teng bo‘ladi, ya’ni
2 a = 2 p. (26. 17)
Ikki qo‘shni pazlar orasidagi siljish burchagi quyidagiga teng:
= (360p)/С. (26. 18)
Murakkab sirtmoqsimon chulg‘amda, masalan, ikki yo‘lli (m=2) chulg‘amda, har qaysi oldingi toq nomerli seksiyaning oxiri keyingi toq nomerli sekiyaning boshi bilan va keyingi toq seksiyalar ham shu tarzda ulanib borilganda so‘nggi toq seksiyaning oxiri 1-toq nomerli seksiyaning boshi bilan ulanib, ikki yo‘lli chulg‘amning 1-yarmini hosil qiladi. Juft nomerli seksiyalarni shu tartibda ulab chulg‘amning 2-yarmi hosil qilinadi.