U. T. Berdiev


Asinxron usulda ishga tushirish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə112/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Asinxron usulda ishga tushirish. Bu usul bilan sinxron motorni ishga tushirish uchun rotor qutblari uchliklarida ishga tushirish chulg‘ami o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Bu chulg‘am asinxron motorning qisqa tutashtirilgan chulg‘amiga o‘xshagan bo‘ladi. Sinxron motorni asinxron usulda ishga tushirish sxemasi 23.5,a-rasmda keltirilgan. Stator chulg‘ami uch fazali tok manbaiga ulanganda undan uch fazali tok o‘tib, statorda aylanma magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu maydon rotordagi ishga tushirish chulg‘amini kesib o‘tib, unda EYuK va tok hosil qiladi. Ishga tushirish chulg‘amidagi tok aylanma magnit maydon bilan ta’sirlashib elektromagnit kuch (23.5,c-rasm) va aylantiruvchi momentni hosil qiladi. Agar Mem > Mt bo‘lsa rotor aylana boshlaydi, rotorning aylanish chastotasi stator aylanma magnit maydonining sinxron aylanish chastotasiga yaqinlashganda (n = 0,95n1) qo‘zg‘atish chulg‘amiga o‘zgarmas tok beriladi. Bu tok sinxronlovchi moment Ms ni hosil qiladi. Shu moment ta’sirida motor sinxron aylanish chastota bilan ishlay boshlaydi.
Ishga tushirish vaqtida qo‘zg‘atish chulg‘amini ochiq qoldirib bo‘lmaydi, chunki statorning aylanma magnit maydoni o‘ramlar soni ko‘p bo‘lgan qo‘zg‘atish chulg‘amida uning izolyatsiyasi va sinxron motorni ishga tushiruvchilar uchun juda xavfli bo‘lgan katta qiymatli EYuK hosil qiladi. Shuning uchun sinxron motorni ishga tushirishda uning qo‘zg‘atish chulg‘ami o‘z qarshiligidan taxminan 10 marta katta bo‘lgan aktiv qarshilikga (ri.t10 rqo’z) ulangan bo‘lishi lozim.

Qo‘zg‘atish chulg‘amini qisqa tutashtirish ham mumkin emas, chunki bu holda u nosimmetrik bo‘lgan bir fazali konturni hosil qiladi. Bu kontur qo‘shimcha momentni hosil qilib, sinxron motorning mexanik xarakteristikasida aylanish chastotasining n = ns /2 ga yaqin qiymatida aylantiruvchi momentning kamayishiga olib keladi (23.5,b-rasm). Buning oqibatida rotor aylanish chastotasi sinxron qiymatigacha yeta olmasligi ham mumkin. Agar sinxron motor ulanadigan tarmoqning quvvati nisbatan kam bo‘lsa, motorni asinxron usul bilan ishga tushirishda ishga tushirish tokening ta’siridan tarmoqda juda katta kuchlanish pasayishi hosil bo‘ladi. Bunday holda ishga tushirish tokini kamaytirish uchun sinxron motor tarmoqqa avtotransformator, reaktor yoki tokni cheklaydigan boshqa qurilmalar yordamida ulanadi.



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin