13-Bob. Asinxron motorning doiraviy diagrammasi, ish xarakteristikalari va ularni hisoblash usullari 13.1§. Asinxron motor toklarining doiraviy diagrammasini asoslash Asinxron mashina toklarining doiraviy diagrammasi sirpanishning har qanday qiymatida mashinaning ish rejimini xarakterlaydigan barcha elektromagnit kattaliklarni bilvosita aniqlashga imkon beradi. Asinxron motorning aktiv va induktiv qarshiliklari nisbatan o‘zgarib turishi mumkin. Bunday motorlar toklarining o‘zgarish diagrammasi ancha murakkab xarakterga ega bo‘ladi. Lekin asinxron motorning xarakteristikalari to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun toklarning soddalashgan doiraviy diagrammasidan foydalanish amaliy ahamiyatga ega.
Quyida parametrlari o‘zgarmas deb va o‘zgaruvchan kattaliklar (kuchlanish, tok, MYuK va boshq.)ning o‘zgarishi sinusoidal shaklda deb taxmin qilingan asinxron motorning soddalashgan doiraviy diagrammani qurish tartibi bilan tanishamiz. Bunday motorlar stator va rotor toklarining o‘zgarish diagrammasi aylana shaklda bo‘lgani uchun uni toklarning doiraviy diagrammasi deyiladi. Mazkur diagramma asinxron motorning soddalashgan G-simon almashtirish sxemasi (11.5-rasm) asosida quriladi. Bu sxemaning magnitlanish shoxobchasi parametrlari o‘zgarmasdir. Ishchi shoxobcha (r2+ jx2) esa o‘zgaruvchan parametr (r2)ga ega. Bu shoxobcha uchun diagrammani kuchlanishlarning to‘g‘ri burchakli uchburchagi ABC ko‘rinishida tasvirlab berish o‘ng‘ay hisoblanadi. Bu uchburchakning katetlari: = UL= I2x2 va = Ur= I2r2 – kuchlanish U1 ning tegishlicha reaktiv va aktiv tashkil etuvchilari; = U1= Ur+ jUL – motorga berilgan kuchlanish (13.1,b-rasm). ABC uchburchakning har bitta tomonini x2 ga bo‘lib NDC uchburchagini hosil qilamiz. Bunda katet –I2 tok vektorini tasvirlaydi. Bu vektorga ordinatalar o‘qining musbat yo‘nalishida 2 =arctg(x2/r2) burchak ostida U1 kuchlanish vektorini qo‘yamiz (13.1,c-rasm). Agar aktiv qarshilik r2 o‘zgartirilsa, unda zanjirdagi tok ham o‘zgaradi, uchburchakning katetlari yangi holatni ( va ) egallaydi, lekin uchburchakning = U1/ x2 gipotenuzasi o‘zgarmay qoladi (13.1, c-rasm).
Shunday qilib, elektr zanjiri (ishchi shoxobcha)ning yangi ish rejimi diagrammada D1 nuqtaning holati bilan aniqlanadi. Agar aktiv qarshilik r2 ni keng ko‘lamda (0 dan gacha) o‘zgartirilsa, unda –I2 tok vektori diagrammada har xil holatni egallaydi va U1/x2 diametrli aylanani tasvirlaydi. Agar aktiv qarshilik r2 = 0 (sof induktiv yuklama) bo‘lsa D nuqta C nuqtaning ustiga tushadi. Aktiv qarshilik r2 = bo‘lganda tok I2 = 0 va shu sababli D nuqta C nuqtaning ustiga tushadi.
13.1-rasm. Asinxron motorning doiraviy diagrammasini asoslashga doir chizmalar
Agar aktiv qarshilik 0 < r2 < oraliqda bo‘lsa –I2 tok vektorining uchi NDC aylanada har xil holatni egallaydi. Agar 13.1, a va 13.1, b-rasmlarda ko‘rsatilgan diagrammalar birga qo‘shilsa G-simon almashtirish sxemaning (asinxron motorning desa ham bo‘ladi) doiraviy diagrammasi hosil bo‘ladi (13.1, d-rasm). I0 va –I2 tok vektorlarini qo‘shib stator toki I1 vektorini olamiz. Bu vektor kuchlanish vektori U1 ga nisbatan faza bo‘yicha 1 burchakka siljigan. Doiraviy diagramma toklari aylanasining diametri =(U1/ xqt) /mi, bu yerda mi–tok masshtabi, A/mm. Agar diagrammani qurish motorni hisoblashda amalga oshirilsa, unda zaruriy parametrlar hisoblash jarayonida aniqlanadi. Agarda doiraviy diagrammani tayyor motor uchun qurish kerak bo‘lsa, unda diagrammaning dastlabki parametrlarini aniqlash uchun salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari natijalaridan foydalanish zarur bo‘ladi. Bu diagrammani salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalaridan olingan qiymatlar yordamida qurish eng sodda usul hisoblanadi.