13.4§. Asinxron motorning ish xarakteristikalari U1 = const va f1 = const shartlar ta’minlangan holda rotorning aylanish chastotasi n, sirpanishi s, stator toki I1, foydali momenti M2, quvvat koeffitsienti cos va FIK larni valdagi yuk (foydali quvvat) P2 ni o‘zgartirib olingan n, s, I1, M2 , cos, = f(P2) bog‘liqlikka asinxron motorning ish xarakteristikalari deyiladi (13.4-rasm).
Motorning validagi yuk oshishi bilan sirpanish s o‘sib boradi. Nominal yuklamada sirpanish sN 1,55% ni tashkil qiladi. Rotorning aylanish chastotasi (11.1,a) dan quyidagiga teng bo‘ladi:
(13.3)
Yuklama oshishi bilan sirpanish s ortadi, natijada rotorning aylanish chastotasi n bir oz kamayadi. Asinxron motorning nominal yuk bilan ishlagandagi foydali momenti:
M2N = 9,55P2N/nN , [ Nm ] . (13.4)
Agarda n const bo‘lganda M2 f (P2) bog‘lanishning grafigi deyarli to‘g‘ri chiziq bo‘lardi. Lekin yuklama ortishi bilan n bir oz kamayadi, shu sababli yuklamaning ortishi bilan moment M2 foydali quvvat P2 ga qaraganda tezroq o‘sadi va uning o‘zgarishi yuqoriga og‘gan egri chiziqdan iborat bo‘ladi. Motorning validagi yuk oshishi bilan stator toki I1 ning aktiv tashkil e tuvchisi oshib boradi. Kuchlanish U1 = const bo‘lganligidan tok I1 ning reaktiv tashkil etuvchisi I1r esa bir xilda qoladi. Shuning uchun ham turli yuklamalarda motorning magnit oqimi deyarli o‘zgarmaydi. Shu sababli I1 f (P2) bog‘lanish deyarli bir xilda qoladi. Motor kichik yuk bilan ishlaganda stator toki tarkibidagi reaktiv tok, aktiv tashkil etuvchisiga nisbatan katta bo‘ladi. Shu sababli motorning quvvat koeffitsienti kichik (0,10,2) bo‘ladi. Yuklamaning ortishi bilan tokning aktiv tashkil etuvchisi orta boradi. Bunda kuchlanish U1va motor toki I1 vektorlari orasidagi burchak kichiklashib, cos esa o‘sib boradi. Motor ning validagi yuk nominal qiymatga yaqinlashganda cos1 katta qiymatga erishadi (cos1=0,80,85). Yuklamaning yanada ortishi natijasida rotorning aylanish chastotasi n kamayadi, sirpanish s va rotorning induktiv qarshiligi x2 lar ortishi tufayli cos1 bir oz kamayadi. FIK ning o‘zgarishi xuddi boshqa elektr mashinalariniki yoki transformatorniki singari bo‘ladi. Salt ishlashda FIK 0. Yuklamaning ortishi bilan oshib boradi va o‘zgarmas isroflar (yuklamaga bog‘liq bo‘lmagan mexanik va salt ishlash isroflari) o‘zgaruvchan isroflarga (yuklamaga bog‘liq ravishda o‘zgaradigan chulg‘amlardagi elektr va qo‘shimcha isroflar) teng bo‘lganda o‘zining katta qiymatiga erishadi va yuklamaning yanada ortishi natijasida o‘zgaruvchan isroflarning oshishi tufayli FIK bir oz kamayadi.
13.4-rasm. Quvvati 50 kW, 220/380 V, 1470 ayl./min bo’lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorning ish xarakteristikalari