U. T. Berdiev


§. Asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari va xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə65/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

13.2§. Asinxron motorning salt ishlash va qisqa tutashuv tajribalari va xarakteristikalari
Salt ishlash tajribasi. Asinxron motorning salt ishlash tajribasi 13.2, a-rasmdagi sxema bo‘yicha o‘tkaziladi. Motor valiga yuk ulanmagan holda ishlashida (salt ishlashda) isroflarni qoplash uchun zarur bo‘lgan aktiv quvvat P0, stator toki I0 va quvvat koeffitsienti cos0 larning stator chulg‘amiga berilgan kuchlanishga nisbatan o‘zgarishiga, ya’ni P0, I0, cos0  f (U0) bog‘lanishga salt ishlash xarakteristikalari (13.2,b-rasm) deyiladi. Bunda n const bo‘lgani tufayli mexanik isroflari Pmex o‘zgarmas bo‘ladi. Asinxron motorning salt ishlash tajribasidan uning nominal kuchlanishga to‘g‘ri kelgan quvvat isroflari
va elektr parametrlari aniqlanadi:

yoki


Asinxron motor stator chulg‘amiga berilgan kuchlanish kam bo‘lganda mashinaning magnit zanjiri to‘yinmaganligi sababli salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi I0r, uning aktiv tashkil etuvchisi I0a ga nisbatan kam bo‘ladi. Bunda salt ishlash rejimidagi cos0, shu rejim uchun o‘zining katta qiymatiga to‘g‘ri keladi. Kuchlanishning U0  0,5 U1N qiymatlaridan boshlab magnit zanjir to‘yina boshlaydi va salt ishlash tokining reaktiv tashkil etuvchisi I0r osha boradi, demak, salt ishlash toki I0 berilayotgan kuchlanish U0 ga nisbatan tez o‘suvchan bo‘ladi. Kuchlanish va tok vektorlari orasidagi faza siljishi (0) oshishi tufayli quvvat koeffitsienti cos0 kamaya boradi. Aktiv quvvat P0 salt ishlash tokining kvadrati (I20)ga mutanosib ravishda o‘zgarganligidan, uning o‘zgarish shakli taxminan parabola shaklida o‘suvchan bo‘ladi.


Doiraviy diagramma qurish uchun salt ishlash rejimidan olinadigan nominal kuchlanish (U1N)ga to‘g‘ri kelgan salt ishlash toki I0 va quvvati P0 lar o‘lchanadi. Bu qiymatlar yordamida quvvat koeffitsienti cos0 aniqlanadi va burchak 0 hisoblab topiladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin