14-Bob. Asinxron motorlarni ishga tushirish va aylanish chastotasini rostlash
14.1§. Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirish
Asinxron motor ishga tushirilganda, quyidagi asosiy talablar bajarilishi lozim: Motorni ishga tushirish mumkin qadar oson va qo‘shimcha qurilmalarsiz bajarilishi lozim, ishga tushirish momenti yetarli darajada katta, ishga tushirish toki esa mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim. Uch fazali asinxron motorlarni ishga tushirishda amalda quyidagi usullar qo‘llaniladi. Stator chulg‘amlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulash, stator chulg‘amiga pasaytirilgan kuchlanish berib va rotor chulg‘amiga reostatni ulab ishga tushirish ( oxirgisi faza rotorli motorlarda).
To‘g‘ridan–to‘g‘ri tarmoqqa ulab ishga tushirish. Kichik va o‘rta quvvatli qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ana shunday usul bilan ishga tushiriladi. Bunda motorning stator chulg‘ami yetarli darajadagi quvvatga ega bo‘lgan elektr tarmog‘iga magnit ishga tushirgich yoki oddiy ulagich yordamida qo‘shiladi va uning tezligi tabiiy mexanik xarakteristikasi bo‘yicha o‘sib boradi. Ishga tushirish momenti Mi.t quyidagicha topiladi (ishga tushirish paytida s 1 bo‘ladi):
Mi.t = (m1 )/ {1[(r1 + r2)2 + (x1 + x2)2]}. (14.1)
I shga tushirish toki Ii.t ancha katta bo‘lsa ham motor uchun xavfli bo‘lmaydi, chunki ishga tushirish qisqa vaqt ichida kechadi. Ishga tushirish tokining nominal tokdan 57 marta katta bo‘lishi va ishga tushirish momentining uncha katta bo‘lmasligi bu usulning kamchiligi hisoblanadi.
Motorning stator chulg‘amini to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulab ishga tushirish yuqoridagi kamchiliklarga ega bo‘lishidan qat’iy nazar, u sodda, arzon va energetik ko‘rsatkichlari (, cos1) kattadir.
Tarmoq kuchlanishini pasaytirib ishga tushirish. Bunday usul bilan quvvati katta bo‘lgan qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlar ishga tushiriladi. Tarmoq kuchlanishini pasaytirish usullari quyidagidan iborat: a) stator chulg‘amini yulduz usulidan uchburchak usuliga o‘tkazish yo‘li bilan ishga tushirish. Asinxron motorni bunda stator chulg‘ami fazalariga berilayotgan kuchlanish marta kamayadi, xuddi shuningdek faza toklari xam marta kamayadi. Liniya toklari esa 3 marta kamayadi. Stator chulg‘amlarining ulanish sxemasini o‘zgartirish 3 fazali kontaktor yoki ulagich yordamida amalga oshiriladi (14.2,a-rasm).
b) asinxron motorni reaktor yordamida ishga tushirish. Bunday usul bilan ishga tushirishda (14.2,b-racm) reaktiv qarshiliklarda ishga tushirish tokiga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladigan kuchlanish pasayishi U vujudga kelib, stator chulg‘amlariga pasaygan kuchlanish U1pas beriladi. Bu kuchlanishning qiymati quyidagicha topiladi:
U1pas = U1 – j I1xr , (14.2)
bunda xr – ishga tushirish reaktiv qarshiligi.
Bu kuchlanish ta’sirida motorning rotori aylana boshlaydi. Motorning aylanish chastotasi oshib borgan sari rotor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYuK E2s kamayib boradi, natijada ishga tushirish toki ham kamayadi. Stator chulg‘amlari bilan ketma-ket ulangan qarshiliklarda kuchlanish pasayishi U kamayadi va motorning aylanish chastotasi oshgan sari unga berilayotgan kuchlanish U1 avtomatik ravishda ko‘payib boradi. So‘ngra Q2 ulagich ulanadi va motorga tarmoq kuchlanishi U1 beriladi, bunda motor nominal kuchlanish bilan ishlaydi.
v) asinxron motorni avtotransformator yordamida ishga tushirish (14.2,b-rasm). Dastlab Q3 ulagichning ulangan holatida Q1 ulagich qo‘shiladi. Bunda motorning stator chulg‘amiga avtotransformatordan pasaytirilgan kuchlanish (U1pas) beriladi.
Bunda motorning dastlabki Mi.t momenti quyidagicha topiladi:
. (14.3)
Ishga tushirish toki kamayadi va u quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
. (14.4)
Rotorning aylanish chastotasi oshgandan keyin Q3 ulagich uziladi va Q2 ulagich ulanadi. Shu tariqa stator chulg‘amiga tarmoqning to‘la kuchlanishi beriladi. Demak, avtotransformator yordamida tarmoqning kuchlanishi (0,55 0,73) U1N gacha pasaytirilar ekan. Tarmoq kuchlanishini pasaytirib asinxron motorlarini ishga tushirishning yuqorida ko‘rib o‘tilgan usullarida ishga tushirish toki va momentining kichikligi ularning kamchiligidir.
Dostları ilə paylaş: |