U. T. Berdiev


Asinxron generatorning yuklama bilan ishlashi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə78/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Asinxron generatorning yuklama bilan ishlashi. Sirpanishni aniqlash s=(n1–n)/n1 formulaga binoan yuklama bilan ishlayotgan AG kuchlanish chastotasini f1 = const qilish uchun sirpanishning o‘zgarishiga mos ravishda aylanish chastota n ni o‘zgartirish lozim bo‘ladi. Buni amalga oshirish murakkab hisoblanadi, chunki birlamchi motorning aylanish chastotasi regulyator (rostlagich) bilan o‘zgarmas qilinganda AG ning sig‘imi va yuklamaning o‘zgarmas qiymatlarida chastota pasayadi.
Bu quyidagicha tushuntiriladi. AG yuklama bilan ishlaganda, stator chulg‘amining induktiv va aktiv qarshiliklarida kuchlanish pasayishi tufayli, uning kuchlanishi bir oz kamayadi. Bunga yana ikkinchi sabab, odatda, yuklama bilan ishlaganda AG ning magnitlovchi toki ham bir oz kamayadi, chunki kondensator tokining bir qismi rotor tokining reaktiv tashkil etuvchisini va yuklama tokini qoplashga sarflanadi. Kuchlanishning kamayishi AG magnit tizimining to‘yinish darajasini kamaytiradi va, natijada, asinxron mashinaning induktivligi L1 ortadi; uning ortishi esa 1 = 2f1 = 1/ ) formulaga binoan, chastota f1 ning kamayishiga olib keladi va xC = 1/(2f1C) formulaga asosan, kondensatorning induktiv qarshiligi xC ortadi, natijada esa, tok IC kamayadi. Demak, AG ning ishiga yuklamaning xarakteri katta ta’sir qilar ekan.
Agar AG ning yuklamasi sof aktiv bo‘lganda kondensatorlarning quvvati generatorning reaktiv quvvatiga teng bo‘lishi lozim bo‘lsa, aktiv-induktiv yuklamada esa yuklamani ham reaktiv quvvat bilan ta’minlash maqsadida kondensator batareyasining quvvatini oshirish zarur bo‘ladi.
O‘z-o‘zini qo‘zg‘atadigan AG kondensator batareyasining quvvati ancha katta, ya’ni nominal quvvatining 70100 % ni tashkil qiladi. Bu esa qurilmaning tannarxini oshiradi.Amaliy jihatdan, tarmoqqa ulanmagan AG ni sof aktiv yuklama bilan ishlatishda kuchlanish va chastotaning o‘zgarish xarakteristikalari yetarli darajada qanoatlanarli bo‘lmaganligidan AG larning qo‘llanish sohalari cheklangan.
Asinxron mashinalarning ishga tushirish xarakteristikalari yaxshiligi tufayli ularni aviamotorlarni ishga tushirish uchun starter sifatida foydalaniladi. So‘ngra generator rejimga o‘tkazilib samolet bortida o‘zgaruvchan tok manbasi sifatida ishlatilishi mumkin. O‘z-o‘zini qo‘zg‘atishli asinxron generatorlar rostlanuvchi elektr yuritmada ishlatilishi mumkin (masalan, rekuperativ tormozlashda).
Asinxron mashina generator sifatida avtomobil va traktorlarda ishlatiladigan dizel motorlarini sinash stendlarida ishlatiladi. Bunda motor sovuq paytida asinxron mashina elektr motori sifatida ishlab, uni qizdiradi va keyin, u generator rejimiga o‘tkaziladi. Bu holda AG tormozlovchi momentni hosil qilib, avtomobil va traktor motorlariga yuk vazifasini bajaradi.
Qo‘lda ishlatiladigan elektr instrumenti uchun yuqori chastotali elektr energiya manbai sifatida; avtomatik boshqarish tizimlarida, ergashuvchi elektr yuritmada va hisoblash qurilmalarida ichi kavak yoki qisqa tutashgan rotorli asinxron taxogeneratorlar qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
1. Asinxron generatorning ishlash prinsipini so‘zlab bering. 2. AG ning tarmoq bilan parallel ishlashidagi jarayonlar qanday kechadi 3. AG ning o‘z-o‘zini qo‘zg‘atishi uchun qanday shartlar bajarilishi kerak? 4. AG ning afzalligi va kamchiliklari nimalardan iborat?
* * *


Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin