U. T. Berdiev


-Bob. Bir fazali asinxron motorlar



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə79/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

16-Bob. Bir fazali asinxron motorlar
16.1§. Bir fazali asinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi
B ir fazali asinxron motorlar (P2  600 W) avtomatik qurilmalarda va uy xo‘jaligi elektr asboblarida (ventilyator, sovutgich, kir yuvish mashinasi, elektr ustara va boshqalar) ishlatiladi. Bir fazali asinxron motorning statorida bir fazali chulg‘am bo‘lib, rotorida esa qisqa tutashtirilgan chulg‘am bo‘ladi (16.1-rasm). Stator chulg‘ami o‘zak pazlarining 2/3 qismida joylashgan bo‘ladi. Chulg‘amning pazlarda bunday joylashishi havo bo‘shlig‘ida magnit induksiyasi shaklining sinusoidalga yaqin bo‘lishini ta’minlaydi.

Bir fazali asinxron motorning stator chulg‘amiga bir fazali o‘zgaruvchan tok berilganda pulslanuvchi magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu maydonni amplitudalari teng va bir-biriga nisbatan teskari bir xil aylanish chastotada aylanuvchi ikkita tashkil etuvchiga ajratish mumkin.


Bir fazali asinxron motorlar boshlang‘ich ishga tushirish momentiga ega emas (16.1,b-rasm) va stator chulg‘ami tarmoqqa ulanganda uning rotori aylanmaydi. Shuning uchun bunday motorlar ishga tushirish chulg‘ami bilan ta’minlanadi (16.1,c-rasm). Aylanish yo‘nalishi rotorning aylanish yo‘nalishi bilan mos bo‘lgan oqimni to‘g‘ri oqim Фt o’g’, rotorning aylanishiga nisbatan teskari aylanadigan oqimni teskari Фtes oqim deyiladi. Bu oqimlar to‘g‘ri Mto’g’ va teskari aylantiruvchi moment Mtes larni hosil qiladi. Bu momentlar bir-biriga nisbatan teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Natijaviy aylantiruvchi moment to‘g‘ri va teskari momentlarning yig‘indisi bilan topiladi:
Mnat= Mt o’g’ + Mtes.
To‘g‘ri oqimga nisbatan rotorning sirpanishi:
st o’g’ = (n1(to’g’) – n)/n1(t o’g’) = (n1 – n)/n1 = 1– n/n1,
teskari oqimga nisbatan rotorning sirpanishi esa:
stes = [(n1(tes) – (–n)]/n1(tes) = (n1(tes) + n)/n1(tes) = 1+ n/n1(tes).
Demak, bir fazali asinxron motor ishga tushirish momentiga ega emas. Shu sababli rotor qaysi tomonga tashqi kuch yordamida aylantirilsa, o‘sha tomonga aylanadi. Bunday motorning ish xarakteristikalari uch fazali asinxron motornikiga nisbatan yomon. Bundan tashqari salt ishlayotgan bir fazali motorning aylanish chastotasi, teskari magnit oqimi hosil qilgan tormozlovchi moment ta’sirida uch fazali motorning aylanish chastotasidan kichik bo‘ladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin