U. T. Berdiev


Kuchlanishni induksion rostlagich (regulyator)



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə82/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Kuchlanishni induksion rostlagich (regulyator). Bunday regulyator uch fazali buriluvchi avtotransformator ko‘rinishda ishlab chiqariladi va uch fazali o‘zgaruvchan kuchlanishni rostlash uchun ishlatiladi. Induksion rostlagichning sxemasi 17.2,a-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda birlamchi chulg‘am sifatida rotor chulg‘ami ishlatilsa, ikkilamchi chulg‘am sifatida esa stator chulg‘ami ishlatiladi.
Induksion regulyator uch fazali tarmoqqa ulansa, uning rotor va stator chulg‘amlarining har bir fazasida EYuK hosil bo‘ladi:
, (17.2)
b u yerda: ; U2  E2 – chiqishdagi kuchlanish; Ukir – kirishdagi kuchlanish. (17.2) tenglamadan shu narsa ko‘rinadiki, Ukir va E2 vektorlari geometrik qo‘shilar ekan, shu sababli Ureg kuchlanishning qiymati Ukir va E2 vektorlari orasidagi burchakka bog‘liq bo‘ladi. Rotorning
Faza rostlagich (fazoregulyator). Fazoregulyator (17.2,s- rasm) konstruksiyasi jihatidan faza rotorli asinxron mashina bo‘lib, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishining qiymati o‘zgartirilmagan holda uning birlamchi kuchlanishga nisbatan fazasini o‘zgartirib beradi.

Uning induksion regulyatordan farqi shuki, fazoregulyatorda rotor va stator chulg‘amlari o‘zaro elektr jihatdan ulanmagan, ya’ni transformator bog‘lanishga ega, shuning uchun ham uni ayrim holda buriluvchi transformator deb ataladi. Ikkilamchi chulg‘am kuchlanishi fazasini rotorni statorga nisbatan burish bilan amalga oshiriladi (stator chulg‘amini birlamchi chulg‘am deyiladi). Agarda faza rotorli asinxron mashinaning rotori va statorining bir xil faza o‘qlari mos tushsa, aylanuvchi magnit oqimi stator va rotor chulg‘amlarini bir vaqtda kesib o‘tadi demak, hosil bo‘lgan EYuK E1 va E2 larning fazalari ham bir xil bo‘ladi. Rotorni u yoki bu tomonga  burchakka burib (17.2,c-rasm), kerak bo‘lgan EYuK fazasini olish mumkin, ya’ni:


(17.3)
Faza rostlagich avtomatikada faza bo‘yicha xatolikni kompensatsiyalashda, boshqariladigan to‘g‘rilagichlarda, elektr o‘lchov asboblarini tekshirishda va boshqalarda ishlatiladi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin