Chiziqli asinxron motor. Bunday motorning tishli statori pazlariga uch fazali chulg‘am joylashgan (17.5,a-rasm). Chiziqli motorning qo‘zg‘aluvchi qismi yuguruvchi deb ataladi, u asinxron mashina rotoriga o‘xshash bo‘ladi va, faqat tekislik bo‘yicha ilgarilanma harakat qiladi. «Yuguruvchi»ning o‘zagi elektrotexnik po‘latdan tayyorlanib, uning pazlarida qisqa tutashgan chulg‘am joylashtirilgan bo‘ladi, yoki chulg‘am o‘rnida alyuminiy va misdan yoki ferromagnit material (po‘lat)dan tayyorlangan plastinalar ishlatilishi mumkin.
к
Chiziqli motorning ishlash prinsipi asinxron motorning ishlash prinsipi kabi bo‘ladi. Uning energetik ko‘rsatkichlari ( va cos) kichik. Elektrotexnika sanoati rivojlangan ayrim mamlakatlarda (masalan, Yaponiya, Kanada, AQSh va boshqa.) ekologik toza yuqori tezlikli yer usti (temir yo‘l) transportida chiziqli asinxron tortish motorlari ishlatilmoqda. Yaponiyada magnit vositasida havoga ko‘tarilib o‘rnatilgan («magnit yostiqli») chiziqli asinxron tortish motorlari tizimining 1990 yillarda temir yo‘l transportidagi tezligi n = 420 km/soat (so‘nggi yillarda tezlik yana oshgan). Hozirgi kunda chiziqli asinxron motorlarni sanoatda va qishloq xo’jaligida foydalanish ustida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
17.2§. Asinxron motorlarning zamonaviy turlari Elektr mashinasozlik sanoati rivojlangan mamlakatlarda, (masalan, Rossiyada va Ukrainada) quvvati bir vattning ulushini (kuchlanishi 127, 220 va 380 V) tashkil etadigan bir va ikki fazali asinxron mikromotorlardan, to quvvati 1000 kW (kuchlanishi 0,5; 0,6; 3; 6; 10 kV) gacha bo‘lgan uch fazali asinxron motorlar keng miqdorda ishlab chiqarilmoqda. So‘nggi ikki o‘n yillikda asinxron motorlarning Xalqaro elektrotexnik komissiya (XEK) tavsiyalariga, CENELEK normalariga (28/64) va DIN 42673, DIN 42677 standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy turlari (ularning FIK va quvvat koeffitsienti cos yuqori hamda shovqinsiz ishlashi va 40 ming soatgacha ishlash imkoniga ega bo‘lgan) ishlab chiqarilishi keng rivojlanmoqda.
Hozirgi vaqtda elektrotexnika sanoati taraqqiy qilgan mamlakatlarda servis-faktor (SF)li elektr motorlari ishlab chiqarilmoqda. ГОСТR – 2000 standartga asosan SF tushunchasi nominal kuchlanish va chastotalarda elektr motorlarining ruxsat berilgan o‘ta yuklanishini bildiradi. Bunda chulg‘am temperaturasining atrof muhitnikidan oshishi shu izolyatsiyaning issiqqa chidamlilik klassi uchun yo‘l qo‘yilgan temperaturadan 10 % dan ko‘p bo‘lmasligini talab etadi. Odatda SF 1,15 va ayrim hollarda 1,1 ga teng son bo‘lib, uning qiymati kataloglarda ko‘rsatilgan bo‘ladi va elektr motorlarining kuchlanish U=UN va chastotasi f=fN bo‘lganda, uning nominal quvvati (PN)ni SF gacha oshirish imkoni bo‘lishligini bildiradi.
MDH mamlakatlarida (asosan Rossiyada) asinxron motorlarning yangi (AI, RA, 5A va 6A) seriyalari yaratildi. Yaroslavldagi (Rossiya) elektr mashinasozlik zavodi hozirgi vaqtda quvvati 100 kW gacha bo‘lgan RA yangi seriyali asinxron motorlarni ishlab chiqarmoqda. Bularni ishlab chiqarishda asosan 4A, AIR, AIS seriyali asinxron motorlarning kamchilik va ijobiy texnik xarakteristikalari hisobga olindi. Vladimir (Rossiya) «Elektromotor» zavodi AI turkumi asosida, uning kamchilik va ijobiy texnik xarakteristikalari asosida yangi (quvvati 315 kW gacha bo‘lgan 5A va 5AN seriyali) asinxron motorlarni ishlab chiqarmoqda.
Xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan uch fazali asinxron motorlarning quyidagi ayrim seriyalarini ko‘rsatish mumkin. Masalan, kuchlanishi U 220380 V; ulanish sxemasi – Y; ikki qatlamli: 2AR90S2 (1,5 kW, n 3000 aylmin), AS1(2,2 kW, n 3000 aylmin), DB 552 (9 kW, n 3000 aylmin), BF4112M (5,5 kW, n 3000 aylmin), B3 (30 kW, n 1500 aylmin), FEK (37 kW, n 1000 aylmin). Bulardan tashqari hozirgi kunda O’zbekiston temir yo’llarida harakatlanayotgan elektrovoz va yuqori tezlikdagi “Afrosiyob” elektr poezdida ham qisqa tutash rotorli asinxron motorlardan foydalanilmoqda (Germaniyaning “Simens”, YAponiyaning “Toshiba” firmalarida shlab chiqilgan). O‘zbekiston Respublikasi Andijon shahridagi «Elektrodvigatel» ishlab chiqarish birlashmasida xalq xo‘jaligining turli sohalarida ishlatiladigan asinxron motorlarning kam quvvatli turlari ishlab chiqarilmoqda.
Kundalik turmushimizda ishlatiladigan avtomat va yarim avtomat kiryuvish mashinalari («EVRIKA-3M») barabanlarini yuritish uchun mo‘ljallangan ikki tezlikli kondensatorli asinxron motor ishlab chiqarilmoqda (P2N = 120 va 60 W, UN = 220 V, f = 50 Hz, n = 2850 va 425 ayl/min). Chorvachilik, parrandachilik fermalarida va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarida qo‘llaniladigan turli xil mashina hamda mexanizmlarni yuritish uchun 4AM100SU1 turidagi uch fazali asinxron motorlar (P2N = 2,2; 3; 4 va 5,5 kW, UN = 380 V, = 81; 82; 86,5 va 87,5 %) mo‘ljallangan.
4AM100UZ tipli uch fazali asinxron motorlardan foydalanish qulay bo‘lganligi sababli ular har xil dastgohlarda, kompressorlar, ventilyatorlar hamda avtomat boshqarish tizimlarida keng qo‘llaniladi. Ularning nominal kattaliklari xuddi 4AM100SU1 tipli motorniki singaridir.
Nazorat savollari
1. Asinxron mashinalarning maxsus turlari to‘g‘risida ma’lumot bering.
2. Asinxron motorlarni ishlatish jarayonida qanday nosozliklar bo‘lishi mumkin?
3. Asinxron motorlarning zamonaviy turlari to‘g‘risida ma’lumot bering.