19-BOB. Sinxron generatorning simmetrik yuklama bilan ishlashi va yakor reaksiyasi 19.1§. Sinxron generatorning simmetrik yuklama bilan ishlashidagi elektromagnit jarayonlar SG statorining har bir faza chulg‘amlariga qiymatlari simmetrik yuklama ulansa, chulg‘amlardan bir-biriga nisbatan 120 ga siljigan uch fazali toklar o‘tadi. Bu toklar statorda n1= n aylanish chastota bilan aylanadigan magnit maydonni hosil qiladi. Yuklama toki yakor magnit oqimi Фa ni hosil qiladi. Фa va qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi Ф0 bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almas bo‘lib, bu oqimlar birgalikda mashinaning natijaviy magnit oqimini hosil qiladi. Umuman, yuklama bilan ishlayotgan generatorda natijaviy magnit oqimi Фnat qo‘zg‘atish chulg‘amining MYuK F0 va yakorning MYuK Fa lari ta’siri natijasida hosil bo‘ladi. MYuK F0 yuklamaga bog‘liq bo‘lmaydi, Fa esa yuklamaning qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Yuklamaning xarakteri deganda yakor MYuK ning asosiy magnit oqimga qanday burchak ostida ( =0; 0 +90; 0 –90) ta’sir qilishini tushunish lozim. Shuning uchun ham generatorning natijaviy oqimi Фnat salt ishlash rejimidagi oqim Ф0 dan farq qiladi. Yakor MYuK Fa ning asosiy magnit oqimi Ф0= Фqo’z ga ta’siri yakor reaksiyasi deyiladi. Sinxron mashinalarda yakor reaksiyasi yuklama qiymatiga va xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Quyida ayon bo’lmagan va ayon qutbli sinxron mashina (SM) lar uchun yakor reaksiyasini ko‘rib chiqamiz.
Ayon bo’lmagan qutbli sinxron generator magnit tizimining to‘yinishi hisobga olinmagan hol uchun yakor reaksiyasi. Bunday SM da stator va rotor orasidagi havo oralig‘ida stator aylanasi bo‘yicha bir xil bo‘ladi. Shunday bo‘lgani uchun mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘lsa, natijaviy magnit oqim Fnat ni aniqlash ancha osonlashadi, ya’ni u Ф0 va Фa magnit oqimlarining geometrik yig‘indisiga teng bo‘ladi:
Фnat = Ф0 + Фa. (19.1)
Yakor reaksiyasining SM ish xossalariga ta’sirini EYuK E0 va yakor toki Ia orasidagi siljish burchagining har xil qiymatlarida ko‘rib chiqamiz. Burchakning qiymati yuklama qarshiliklari xarakteriga (aktiv, induktiv, sig‘imiy yoki aralash bo‘lishiga) bog‘liq bo‘ladi. Agar yuklama faqat aktiv qarshilikdan iborat bo‘lsa ( 0), AX fazadagi tok o‘zining maksimum qiymatiga, rotorning N va S qutblarining o‘qi ko‘rilayotgan chulg‘amning o‘rta paziga to‘g‘ri kelganda erishadi (19.1,a-rasm).
Bunda Фa oqim AX fazaning o‘qi bilan mos tushadi yoki Ф0 oqimga nisbatan 90 el. gradusga orqada bo‘ladi. Elektr gradus ikki qutbli mashinalarda geometrik gradusga teng, р 2 bo‘lganda esa 1 geom. grad = рel. grad. bo‘ladi.
SM lar nazariyasida N va S qutblar o‘rtasidan o‘tadigan o‘q bo‘ylama o‘q deyiladi va d-d bilan belgilanadi, qo‘shni qutblar orasidan o‘tadigan o‘q esa ko‘ndalang o‘q deyiladi va q-q bilan belgilandi. Shunday qilib, SG ning yuklamasi faqat aktiv xarakterli ( 0) bo‘lsa, yakorning magnit oqimi mashinaning ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha ta’sir qiladi. Bunda har bir qutb o‘qining bir tomoni magnitlansa, ikkinchi tomoni esa magnitsizlanadi.
Natijaviy magnit oqim vektorining moduli bilan aniqlanadi. Agar yuklama faqat induktiv xarakterli ( 90) bo‘lsa (19.1,b-rasm), AX fazadagi tok o‘zining maksimum qiymatiga EYuK E0 ning qiymatiga nisbatan chorak davr (90) keyinroq erishadi.
Yakor magnit oqimi Фa mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha Ф0 oqimga teskari yo‘nalib, bunda bo‘ladi va uning qiymati kamayadi. Bu esa yakor EYuK Ea ning kamayishiga olib keladi. Shunday qilib, yuklama faqat induktiv xarakterda bo‘lsa, yakor reaksiyasi mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitsizlovchi ta’sir ko‘rsatar ekan. Agar yuklama faqat sig‘im xarakteriga ( – 900) ega bo‘lsa (19.1,c-rasm), yakorning magnit oqimi Фa qo‘zg‘atish chulg‘ami oqimi Ф0 ning yo‘nalishi bilan bir xil bo‘lib mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitlovchi ta’sir qiladi. Bu esa, natijaviy magnit oqim ni va EYuK Ea ni oshiradi.
Amalda SG ning yuklamasi aralash xarakterli bo‘ladi. Bunda EYuK E0 va yakor toki Ia orasidagi siljish burchagining qiymati –90 < < 90 oralig‘ida bo‘ladi. Bunda aktiv-induktiv yuklama (orqada qoluvchi tok)da yakor reaksiyasi mashinaga magnitsizlovchi, aktiv-sig‘imiy yuklama (oldinda keluvchi tok)da esa yakor reaksiyasi mashinaga magnitlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Aralash xarakterdagi yullamada tokning aktiv tashkil etuvchisi esa mashinaning ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha magnitsizlaydi.