U. T. Berdiev


Ayon bo’lmagan qutbli sinxron generatorning vektor diagrammalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə90/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Ayon bo’lmagan qutbli sinxron generatorning vektor diagrammalari. (19.10) tenglamadan foydalanib ayon bo’lmagan qutbli SG ning vektor diagrammasini qurishda SG ning salt ishlashidagi qo‘zg‘atish chulg‘amining magnit oqimi mashinaning ko‘ndalang o‘qi q da hosil qilgan EYuK vektori E0 ni ixtiyoriy yo‘nalishda qo‘yishdan boshlanadi. Stator toki Ia vektori esa yuklamaning xarakteriga qarab EYuK E0 dan orqada (aktiv-induktiv yuklamada 19.4,a-rasm) yoki oldinda (aktiv-sig‘imiy yuklamada 19.4,b-rasm) chiziladi.

19.5-rasm. Ayon bo’lmagan qutbli SG ning aktiv-induktiv xarakterli yuklamadagi vektor diagrammalari: a – magnit zanjirining to‘yinishi hisobga olinmagan hol uchun; b – magnit zanjirining to‘yinish darajasi hisobga olingan hol uchun; Ed – natijaviy magnit oqim Fnat ning mashina bo‘ylama o‘qi bo‘yicha tashkil etuvchisi Fd hosil qilgan EyuK.
EYuK E0 vektori oxiridan I1 vektorga tik yo‘nalishda Es vektori chiziladi. Statorning aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi vektori Ur1 tok vektori I1 ga parallel, yo‘nalishi esa unga teskari qilib chiziladi (chunki formulada uning ishorasi «minus»). Ur1 vektorning uchini 0 nuqta bilan birlashtirib kuchlanish vektori U1 hosil qilinadi.
EYuK E0 vektori bilan kuchlanish U1 vektori orasidagi burchak  – yuklama burchagi deyiladi. SM generator sifatida ishlaganda kuchlanish U1 doimo EYuK E0 dan  burchakka orqada bo‘ladi. Bunda  burchakning ishorasi musbat bo‘ladi deb qabul qilingan va generatorning yuklamasi oshishi bilan, u ham oshadi. Magnit zanjirining to‘yinishi hisobga olingan hol uchun ayon bo’lmagan qutbli SG ning vektor diagrammasini qurish tartibi. Bunda kuchlanish U1, stator chulg‘amidan o‘tuvchi yuklama toki I1 va ular orasidagi burchak  (buni quvvat koeffitsienti cos orqali aniqlash mumkin); yakor (stator) chulg‘amining: o‘ramlar soni w1, induktiv qarshiligi xa, tarqoq induktiv qarshiligi x1 (yoki xa+ x1 = xs), aktiv qarshiligi r1 lar hamda SG ning salt ishlash xarakteristikasi ma’lum bo‘lganda qo‘zg‘atish MYuK Fqo’z va u hosil qilgan EYuK E0 aniqlanadi.
Ayon bo’lmagan qutbli SG ning aktiv-induktiv xarakterli yuklama uchun vektor diagrammasini qurish quyidagicha amalga oshiriladi. Vertikal yo‘nalishda kuchlanish vektori U1 qo‘yiladi. Yuklama aktiv-induktiv bo‘lgani uchun tok vektori I1 kuchlanish vektori U1 dan  burchakka orqada qoladi. So‘ngra U1 vektori uchidan I1 vektoriga parallel qilib stator chulg‘ami aktiv qarshiligidagi I1r1 vektori, tok I1 vektoridan 90 oldin keluvchi jI1x1 vektori qo‘yiladi va uning uchini 0 nuqta bilan birlashtirib EYuK vektori E hosil qilinadi. Yuklama ulangan mashina havo oralig‘idagi magnit oqim Ф ni qo‘zg‘atish chulg‘ami MYuK Fqo’z va yakor chulg‘ami MYuK Fa larning geometrik yig‘indi siga teng bo‘lgan natijaviy MYuK F hosil qiladi. Ф oqim yakor chulg‘amida EYuK E ni hosil qiladi. Natijaviy MYuK uchun quyidagi tenglamani yozish mumkin:
 = qo’z + a; (19.11)
bu yerda a va qo’z – mazkur MYuK larning 1-garmonikalari:
a = 1,35 (w kw1/p) I1; qo’z = (4/)(sin /) I qo’zwqo’z. (19.12)
Mashinaning berilgan ish rejimi uchun  ning qiymati E bo‘yicha salt ishlash xarakteristikasi – E = f (Fqo’z) dan aniqlanadi (19.5-rasm):
E = U1 + j I1x1 + I1r1. (19.13)
Magnit isroflar hisobga olinmaganda tok I1 vujudga keltirgan MYuK Fa ham shu yo‘nalishda chiziladi. MYuK  EYuK E dan 90 oldin keladi. (19.11) dan qo’z=  – a bo‘lgani uchun, u 19.5-rasmda ko‘rsatilgandek grafik yo‘l bilan aniqlanadi. So‘ngra salt ishlash xarakteristikadan MYuK qo’z ga to‘g‘ri keladigan EYuK E0 topiladi va vektor diagrammada MYuK qo’z dan 90 orqada qoladigan yo‘nalishda chiziladi. Ayon qutbli sinxron mashinalarda xq < xd bo‘ladi. Ayon qutbli SG da hosil bo‘ladigan EYuK lar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) qo‘zg‘atish chulg‘ami MYuK F0 asosiy magnit oqimi Ф0 ni, bu oqim esa asosiy EYuK E0 ni hosil qiladi; 2) yakor chulg‘ami MYuK ning bo‘ylama o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi yakor reaksiyasi magnit oqimining shu o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi Фad ni hosil qiladi. Bu magnit oqim stator chulg‘amida o‘zidan 90 orqada qoladigan yakor reaksiyasi o‘zinduksiya EYuK ning bo‘ylama tashkil etuvchisi Ead ni induksiyalaydi:
(19.14)
bu yerda: I1d  Ia sin – stator tokining bo‘ylama o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi; xad – stator chulg‘amining mashina bo‘ylama o‘qi bo‘yicha induktiv qarshiligi (bu qarshilik mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yakor reaksiyasiga ekvivalent bo‘ladi);
3) yakor chulg‘mi MYuK ning ko‘ndalang o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi yakor reaksiyasi magnit oqimining shu o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi Фaq ni hosil qiladi. Bu magnit oqim stator chulg‘amida o‘zidan 90 orqada qoladigan yakor reaksiyasi o‘zinduksiya EYuK ning ko‘ndalang o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi Eaq ni hosil qiladi:
, (19.15)
bu yerda: I1q  Ia cos – stator tokining ko‘ndalang o‘q bo‘yicha tashkil etuvchisi; xaq– stator chulg‘amining mashina ko‘ndalang o‘qi bo‘yicha induktiv qarshiligi (bu qarshilik mashinaning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha yakor reaksiyasiga ekvivalent bo‘ladi);
4) stator po‘lat o‘zagi va qisman havo oralig‘i orqali ilashgan tarqoq magnit oqimi Ф1 stator chulg‘amlarida tarqoq EYuK E1 ni hosil qiladi:
, (19.16)
bu yerda: x1 – stator chulg‘amining tarqoq magnit oqimi hosil qilgan induktiv qarshilik;
5) stator chulg‘amining aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi:
, (19.17)
bu yerda: r1 – stator chulg‘ami aktiv qarshiligi; Ia – stator chulg‘amining toki;
Shunday qilib, stator chulg‘amidagi kuchlanish yuqoridagi EYuK larning geometrik yig‘indisi bilan ifodalanadi:
yoki
. (19.18)

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin