U. T. Berdiev


-Bob. Uch fazali sinxron generatorning avtonom rejimdagi xarakteristikalari



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə92/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

20-Bob. Uch fazali sinxron generatorning avtonom rejimdagi xarakteristikalari
SG ning ish xossalari uning xarakteristikalari bo‘yicha baholanadi. Ish xossalariga oid xarakteristikalarni tajriba, hisoblash yoki vektor diagrammalar yordamida qurish mumkin. SG ning barqaror rejimi uchun muhim laridan: salt ishlash, simmetrik qisqa tutashuv, induksion yuklanish, tashqi va rostlash xarakteristikalaridir.
20.1§. Salt ishlash, simmetrik qisqa tutashuv va induksion yuklanish xarakteristikalari
Salt ishlash xarakteristikasi (SIX). Bu xarakteristika stator toki I1  0 va rotor aylanish chastotasi n=nN= const bo‘lganda SG ning chiqish klemmalaridagi kuchlanishi yoki EYuK E0 ning qo‘zg‘atish toki Iqo’z ga bog‘liq holda o‘zgarishini ko‘rsatadi, ya’ni E0 = f (Iqo’z).
SG larning SIX hamda boshqa xarakteristikalarini nisbiy birliklarda qurish o‘ng‘aydir. Buning uchun kuchlanishning absolyut qiymati U0 = E0 ni salt ishlashdagi nominal kuchlanish U0 = U1N ga, qo‘zg‘atish tokining absolyut qiymatini esa salt ishlashda nominal kuchlanish U1N ga to‘g‘ri kelgan qiymati Iqo’z.N ga bo‘lib aniqlangan nisbiy biriliklardagi qiymatlari (U*1 va I*qo’z) asosida SIX, ya’ni U*1= f (I*qo’z) quriladi (20.1-rasm, 1). I*qo’z= 0 bo‘lganda qutbning magnit o‘zagidagi kam miqdordagi qoldiq magnit oqim (Fqol= 0,2 0,3F0N) tufayli Es = Eqol vujudga keladi. Qo‘zg‘atish chulg‘amidagi tokning qiymati kichik bo‘lganda asosiy magnit oqimi kam bo‘lib, mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘ladi. Shu sababli SIX ning boshlang‘ich (sd) qismi to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishda bo‘ladi. Qo‘zg‘atish toki ortib borgan sari magnit oqimi ortadi va mashinaning magnit zanjiri to‘yina boradi. Bu holda SIX abstsissalar o‘qiga og‘gan ko‘rinishda o‘sib, magnit zanjiri to‘la to‘yinganda esa bu xarakteristika yana taxminan to‘g‘ri chiziqli ko‘rinishga ega bo‘ladi. SG ning nominal rejimi SIX egilgan qismining taxminan o‘rtasiga to‘g‘ri keladi (20.1-rasm, 1 da «c» nuqta).
Bu xarakteristika yordamida SG ning magnit zanjiri to‘yinish daraja-sini aniqlash mumkin. Buning uchun SIX ning to‘g‘ri chiziq (magnit zanjir to‘yinmagan holdagi) qismi davom qildiriladi (20.1-rasm, 2) va asav  k to‘yinish koeffitsienti topiladi. Bu koeffitsient sinxron mashinalarda k  1,11,4 ga teng bo‘ladi.
Odatda, nisbiy birliklarda ifodalangan SG larning SIX lari bir-biridan kam farq qiladi va ularning o‘rtacha qiymatiga mos keladigan xarakteristikani normal salt ishlash xarakteristika deyiladi. Ayon va ayon bo’lmagan qutbli sinxron generatorlarning normal SIX lari 20.1-jadvalda keltirilgan. Simmetrik qisqa tutashuv xarakteristikasi (QTX). Bu xarakteristikani tajribada olishda statorning fazaviy chulg‘amlari qisqa tutashtirilib, rotorning aylanish chastotasi n  nN = const va U1  0 bo‘lganda stator chulg‘amidagi qisqa tutashuv tokining qo‘zg‘atish tokiga bog‘liqligini ko‘rsatadi, ya’ni Iqt  f (Iqo’z).
20.1-jadval. Ayon va ayon bo’lmagan qutbli sinxron generatorlarning normal salt ishlash xarakteristikalari

I*qo’z

0

0,5

1,0

1,5

2,0

2,5

3,0

3,5

E0*


Ayon bo’lmagan qutbli (Turbogenerator)

0


0,58


1,0


1,21


1,33


1,4


1,46


1,51


Ayon qutbl (Gidrogenerator)

0


0,53


1,0


1,23


1,3


1,4


1,46


1,51


Qisqa tutashuv tajribasini olishda qo‘zg‘atish toki Iqo’z = 0 da qutb o‘zagida mavjud bo‘lgan kam miqdordagi qoldiq magnit oqim tufayli hosil bo‘lgan qoldiq EYuK Eqol = 0s qisqa tutashuv toki Iqt = 0q ni vujudga keltiradi. Shu sababdan SG ning qisqa tutashuv xarakteristikasi ordinatalar o‘qidagi «q» nuqtadan boshlanadi.
O‘rta va katta quvvatli sinxron mashinalarda aktiv qarshilik juda ham kichik bo‘lganidan uni e’tiborga olmaganda (r10), yakor zanjirining qarshiligi sof induktiv bo‘lib, qisqa tutashuv toki Iqt = Id mashinani bo‘ylama o‘qi bo‘yicha magnitsizlovchi ta’sir qiladigan yakor reaksiyasi magnit oqimini hosil qiladi. Natijada mashinaning magnit zanjiri to‘yinmagan bo‘lganligidan Q.T.X to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida bo‘ladi (20.1-rasm, 4).

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin