22-Bob. Sinxron generatorning elektr tarmog’I bilan parallel ishlashi 22.1§. Uch fazali sinxron generatorlarni tarmoqqa parallel ulashi Hozirgi vaqtda bir nechta elektr stansiyalar parallel ishlab, energetika tizimini hosil qiladi. Tizim iste’molchilarni uzluksiz energiya bilan ta’minlashga, elektr statsiyalarining quvvatidan to‘laroq foydalanishiga, ta’mirlash ishlarini osonlashtirish imkonini beradi. Har bir elektr stansiyasida bir nechta generator o‘rnatilgan bo‘lib, elektr tizimida yuzlab generatorlar parallel ishlaydi. Ana shuning uchun ham har bir generatorning quvvati energetika tizimida yuklanishni har qanday o‘zgarishi bilan sis-temada ishlayotgan generatorning chastotasi va kuchlanishi amalda o‘zgarmaydi.
1.SG ni elektr tarmog‘iga yoki ishlab turgan generatorlar bilan parallel ulash uchun quyidagi shartlar bajarilishi shart:
Sinxron generatorning EYuK EG elektr tarmog‘i kuchlanishiga teng ( ) va faza jihatdan 180, ya’ni teskari yo‘nalgan bo‘lishi lozim;
2. SG ning chastotasi fG elektr tarmog‘ining chastotasi ft ga teng (fG = ft) bo‘lishi kerak;
3. Uch fazali SG va elektr tarmog‘i fazalarining ketma-ketligi bir xil bo‘lishi kerak.
EYuK ni tarmoq kuchlanishiga tenglash uchun SG qo‘zg‘atish toki o‘zgartiriladi, chastotalarni tenglash uchun esa generator rotorining aylanish chastotasini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Sinxron generatorlarni parallel ulash usullari. SG larni parallel ulashning quyidagi ucullari mavjud:
1) aniq sinxronlash usuli – bu usulda generatorlarni parallel ulashning uchta talabi aniq bajarilishi shart. Birinchi shartning bajarilishi generator klemmalariga ulangan voltmetr vositasida, qolgan ikki shart esa «sinxronoskop» asbobi yordamida tekshiriladi (22.1-rasm). Eng oddiy sinxronoskop asbobi chiroqli (lampali) sinxronoskopdir.
Agar ulagich Q1 uzilgan bo‘lsa, SG salt ishlashi holatida ishlaydi va Q1 klemmalarida EYuK = + bo‘ladi. Agarda parallel ulanadigan generat