U. T. Berdiev


Sinxron generator EYuK larining amaliy (Pote) diagrammasi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə97/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Sinxron generator EYuK larining amaliy (Pote) diagrammasi. Nominal yuklama bilan ishlab turgan SG ning yuklamasi birdaniga uzib qo‘yilgandan keyin rotorning aylanish chastotasi va qo‘zg‘atish tokining qiymati o‘zgartirilmay qoldirilsa SG ning chiqish klemmalaridagi kuchlanish nominal qiymatiga nisbatan U kattalikka oshadi. Buni grafik usulda EYuK larning amaliy (Pote) diagrammasidan aniqlash mumkin. Buning uchun bitta grafikda salt ishlash va qisqa tutashuv xarakteristikalari quriladi. Amaliy diagrammada kattaliklar nisbiy birliklarda beriladi va uni aktiv-induktiv xarakterli yuklama ulangan ayon bo’lmagan qutbli sinxron generator uchun qurish tartibi quyidagidan iborat:
1) Ordinatalar o‘qiga 0A = UN vektori chiziladi; 2) kuchlanish UN dan N burchakka orqada qoluvchi I1N vektori chiziladi; 3) UN vektorga mashinaning aktiv (I1Nr1) va induktiv (jI1NxP) qarshiliklaridagi kuchlanish pasayishi vektorlarini geometrik qo‘shib nominal yuklamada ishlayotgan SG ning EYuK 0C = Eyu aniqlanadi, ya’ni
Eyu = UN + I1Nr1 + jI1NxP , (20.20)
bunda xP – reaktiv uchburchagidan aniqlangan Pote qarshiligi (bu qarshilik odatdagi tarqoq induktiv qarshilikdan nisbatan kattaroq bo‘lib qo‘zg‘atish chulg‘amida hosil bo‘lgan tarqoq magnit oqim tufayli magnit o‘zakning qo‘shimcha magnit to‘yinishini hisobga oladi); 4) 0 nuqtadan 0C radiusida chizib ordinatalar o‘qida B nuqta hosil qilinadi va undan abstsissalar o‘qiga yordamchi (punktir) parallel chiziq o‘tkazamiz va uning salt ishlash xarakteristikasi bilan kesishgan nuqtasini «K» bilan belgilab, bu nuqtadan abstsissalar o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan yordamchi (punktir) chiziq o‘tkazib D nuqta hosil qilinadi va EYuK Eyu ni hosil qiluvchi qo‘zg‘atish toki 0D = Iqo’z aniqlanadi. SG salt ishlagandagi EYuK E0 yuklama ulangan mashinaning EYuK Eyu dan bo‘ylama yakor reaksiyasi EYuK Ead qiymatga katta bo‘ladi, ya’ni
E0 = Eyu.N + Ead; (20.21)

5) yakor reaksiyasi EYuK Ead qiymatni hisobga olish uchun yakor reaksiyasining bo‘ylama magnitsizlovchi ta’siriga mos keladigan qo‘zg‘atish toki Iqo’z.a ni aniqlaymiz (buning kattaligi 20.1-rasmda qisqa tutashuv tajribasidan grafik usulda aniqlangan mashina bo‘ylama yakor reaksiyasini kompensatsiyalovchi qo‘zg‘atish toki Iqo’z.a kabi aniqlanadi); bu kattalik 20.3-rasmda boshqa masshtabda LG = Iqo’z.a belgilangan; 6) so‘ngra D nuqtadan SD ga  =  +  burchak ostida vektor DK = Iqo’z.a ni o‘tkazamiz. Markaz 0 dan 0K radius bilan abstsissalar o‘qi bilan N nuqtada kesishguncha yoy chiziladi. U holda 0N = Iqo’z.N qo‘zg‘atish tokining qiymati EYuK E0 = NP ga mos keladi. A nuqtadan abstsissalar o‘qiga parallel qilib AR chiziqni o‘tkazib izlanayotgan UN ni olamiz:


UN = [(NP – NR)/NR]100 = [(E0 – UN)/UN]100. (20.22)

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin