Nol ketma-ketlikli toklarning sinxron generator ishiga ta’siri. Nosimmetrik yuklamada nol ketma-ketlikli toklar faza chulg‘amlari «yulduz» sxemasiga ulangan stator chulg‘amining nol nuqtasi tashqariga chiqarilgan yoki bu nuqta zaminlangan bo‘lganda paydo bo‘ladi.
Ma’lumki, nol ketma-ketlikli toklar hamma fazalarda bir xil va yo‘nalishi bo‘yicha mos tushadi. Shu sababli ular fazoda bir-biridan 120 el. burchakka siljigan stator faza chulg‘amlari bo‘yicha o‘tganda, ular vujudga keltirgan MYuK larning 1-garmonikasi istalgan vaqt uchun uchta bir-biriga teng, lekin bir-biriga nisbatan 120 ga siljigan MYuK larni hosil qiladi. Bu uchta MYuK ning yig‘indisi nolga teng va, demak, nol ketma-ketlikli toklar mashinaning havo oralig‘ida magnit maydonning 1-garmonikasini yaratmaydi. Mashinaning havo oralig‘idagi magnit maydonni uch karrali pulslanuvchi MYuK lar yaratadi. Bu garmonikalar yaratgan maydonlarning qiymati kichik, shu sababli ular qo‘zg‘atish va dempfer chulg‘amlarida hosil qiladigan EYuK va toklar ham kam bo‘ladi.
Yakor faza chulg‘amining nol ketma-ketlikli toklarga ko‘rsatadigan qarshiligini nol ketma-ketlikli qarshilik deyiladi, ya’ni:
Z0 = r0 + jx0. (21.2)
Nol ketma-ketlikli induktiv qarshilik x0 asosan tarqoq maydon tomonidan hosil qilinadi va shu sababli nisbatan kam bo‘ladi. Nisbiy birliklarda u quyidagiga teng, ya’ni x*0 = 0,02 0,1. Nol ketma-ketlikli aktiv qarshilik taxminan to‘g‘ri ketma-ketlikli aktiv qarshilikka teng: r0 ra. Kuchlanish tushishi U0 = I0Z0 mashinaning barcha fazalarida bir xil yo‘nalishga ega va faza kuchlanishlarining nosimmetrikligini vujudga keltiradi. Nol ketma-ketlikli toklar liniyaviy kuchlanishlar simmetriyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
21.2§. Sinxron generatorda nosimmetrik qisqa tutashuvlar S inxron generatorlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ikki va bir fazali qisqa tutashuvlar bo‘lib turadi. Simmetrik tashkil etuvchilar usulidan foydalanib qisqa tutashuv toklarining barqaror qiymatlari uchun quyidagi hisobiy ifodalarni olish mumkin:
ikki fazali qisqa tutashuv uchun
Iqt.2 = E0 / (xd+x2); (21.3)
bir fazali qisqa tutashuv uchun
Iqt.1 = 3E0 / (xd+x2+x0); (21.4)
uch fazali qisqa tutashuv uchun
Iqt.3 = Iqt = E0/xd . (21.5)
Qisqa tutashuv toklari amaliy jihatdan sof induktiv hisoblanadi. Qisqa tutashuv xarakteristikalaridan bir fazalisi eng yuqorida, undan pastroqda ikki fazalisi va undan yana pastroqda uch fazalisining joylashishiga sabab bo‘ylama magnitsizlovchi yakor reaksiyasi nosimmetrik yuklamada faqat to‘g‘ri ketma-ketlikli toklarni hosil qiladi. Uch fazali qisqa tutashuvda qisqa tutashuv toki (Iqt.3) ning bari, ikki fazalida qisqa tutashuv tokining bir qismi (Iqt.2/ ), bir fazalida esa Iqt.2/3. Shu sababli bir xil qiymatli (Iqt.3 = Iqt.2 = Iqt.1) qisqa tutashuv toklarini olish uchun uch fazalida eng ko‘p, ikki fazalida kam, bir fazalida esa undan ham kam qo‘zg‘atish toki talab qilinadi. Qisqa tutashuv xarakteristikalaridan mashinaning x2 va x0 parametrlarini aniqlash mumkin. Buning uchun qisqa tutashuv toklari uchun (21.3), (21.4) va (21.5) tenglamalarni birgalikda yechib quyidagilarga ega bo‘lamiz:
x2 = E0/ Iqt.2 – E0/ Iqt.3; (21.6)
x0 = 3E0/ Iqt.1 – E0/ Iqt.2. (21.7)
21.2-rasmdan qo‘zg‘atish toki Iqo’z ning bir xil qiymatiga to‘g‘ri keladigan Iqt.3, Iqt.2 va Iqt.1 toklarning hamda shu Iqo’z ga mos keladigan salt ishlash xarakteristikasining to‘g‘ri chiziqli qismidan aniqlanadigan EYuK E0 ning qiymatini (21.6) va (21.7) larga qo‘yib mashinaning x2 va x0 parametrlarini olamiz.
Nazorat savollari
1. Nosimmetrik rejimlarning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
2. Nosimmetrik rejimlarni tekshirishda qaysi usuldan foydalaniladi?
3. Teskari ketma-ketlikli toklar sinxron generator ishiga qanday ta’sir qiladi?
4. Nosimmetrik qisqa tutashuvlar to‘g‘risida ma’lumot bering.
* * *