Reaktiv uchburchakni qurish. Buning uchun tarqoq induktiv qarshiligi x1 da tok I1N hosil qilgan jI1Nx1 kuchlanish pasayishi qiymatini ordinatalar o‘qiga qo‘yib, uni SIX ga ko‘chiriladi (rasmda B nuqta) va undan abssissalar o‘qiga perpendikulyar tushirib C nuqta hosil qilinadi. Bundagi kesma mazkur kuchlanish pasayishini muvozanatlovchi EYuK ni hosil qiluvchi qo‘zg‘atish tokining ulushi (Iqo’z.) ga teng. «B» nuqtani «A» nuqta bilan birlashtirib reaktiv uchburchak hosil qilinadi
SG ning SIX va induksion yuklanish xarakteristikasi hamda reaktiv uchburchak yordamida induksion yuklanish xarakteristikasining nominal kuchlanishga to‘g‘ri keladigan tarqoq induktiv qarshilikning qiymati aniqlanadi. Buning uchun = kesmani induksion yuklanish xarakteristikasida kuchlanish U1N ga to‘g‘ri kelgan nuqta A ga qo‘yiladi va 01 nuqtadan SIX ning to‘g‘ri chiziqli qismiga parallel qilib real SIX bilan kesishguncha yordamchi chiziq o‘tkazib B nuqtadan kesmaga perpendikulyar tushiriladi, hosil bo‘lgan kesma esa = I1Nx1a ga teng. Bundan x1a aniqlanadi:
x1a = xR = / I1N. (20.18)
Bu usul bilan aniqlangan induktiv qarshilik (buni Pote induktiv qarshiligi xR deyiladi) tarqoq magnit oqim hosil qilgan induktiv qarshilikka nisbatan bir oz kattaroq bo‘ladi.
Reaktiv uchburchak ABC ni qurishdagi mashina magnit zanjirining to‘yinish darajasi induksion yuklanish xarakteristikasida kuchlanish UN ga to‘g‘ri kelgan A nuqtasidagiga nisbatan har xil bo‘lgani tufayli reaktiv uchburchak yordami bilan aniqlangan tarqoq induktiv qarshilik (rasmda BC = = I*1Nx1a) oldingiga nisbatan kattaroq bo‘ladi. Ayon bo’lmagan qutbli sinxron mashinalarda xR(1,051,1)x1, ayon qutbli sinxron mashinalarda esa xR (1,11,3)x1 .