U. T. Berdiev


Qisqa tutashuv nisbati (QTN)



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə94/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

Qisqa tutashuv nisbati (QTN). Bu sinxron mashinaning muhim parametrlaridan biri bo‘lib, magnit to‘yinishi hisobga olinmagan ayon qutbli sinxron mashina uchun to‘g‘ri chiziqli salt ishlash xarakteristikasida nominal kuchlanish (E0=UN)ga to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki Iqo’z(0)N ning (20.1-rasmda
=Iqo’z.+ Iqo’z.a) QTX da nominal tok (Iqt=I1N )ga to‘g‘ri kelgan qo‘zg‘atish toki
Iqo’z(qt)N ga nisbati orqali ifodalanadi, ya’ni
QTN = Iqo’z(0)N/ Iqo’z(qt)N . (20.15)
Agar QTN real (magnit to‘yinishli) SIX bo‘yicha aniqlansa
(QTN)= 1,11.2/ x*d, (20.15,a)
bu yerda x*d – yakorning bo‘ylama induktiv qarshiligi.
Noyon qutbli sinxron mashina (turbogenerator)lar uchun QTN = 0,51,0, ayon qutbli mashinalar uchun esa 0,81,8.
QTN sinxron mashinaning ekspluatatsion xossalarini baholashda katta amaliy ahamiyatga ega: QTN kichik bo‘lgan mashina parallel ishlashda turg‘unligi nisbatan kam, chunki yuklama o‘zgarishida vujudga keladigan kuchlanish tebranishlari anchagina bo‘ladi, lekin bunday mashinalarning gabaritlari kichik, demak, QTN katta bo‘lgan sinxron mashinaga nisbatan arzon bo‘ladi. Tarqoq induktiv qarshilik x1a ni aniqlash. Buning uchun sinxron generatorning SIX, QTX va induksion yuklanish xarakteristikalaridan foydalaniladi. (20.1-rasm, 4) da A nuqta qisqa tutashuv rejimiga (Iqt = I1N da U1 = 0 ga) mos keladi. Bundagi ABC uchburchak reaktiv yoki xarakteristik uchburchak deyiladi; uning gorizontal kateti yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri FadN ni kompensatsiyalaydigan qo‘zg‘atish tokining qiymati Iqo’z.a ga, uchburchakning vertikal kateti esa – nominal tokdagi kuchlanish pasayishi I1Nx1 ni kompensatsiyalash uchun zarur bo‘lgan EYuK ga teng. Demak, agar SG ning bo‘ylama induktiv qarshiligi xad ma’lum bo‘lsa 20.1-rasmdagi A nuqta (tok Iqt = I1N )da stator chulg‘amidagi EYuK ning quyidagi
Eqt = –jI1Nxd = E1d + E1 = –jI1Nxad + (–jI1Nx1) (20.16)
muvozanat tenglamasidan foydalanib tarqoq induktiv qarshilik x1 nisbiy birliklarda quyidagiga teng bo‘ladi:
x*1 = x*d – x*ad (20.17)

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin