19.2§. Sinxron generator EYuK larining muvozanat tenglamalari va vektor diagrammalari SG salt ishlaganda uning tashqi klemmalaridagi kuchlanish stator chulg‘amida hosil bo‘lgan EYuK ga teng bo‘ladi. Agarda SG ga yuklama ulangan bo‘lsa, yakor reaksiya tarqoq magnit oqimi ta’siridan va statordagi kuchlanish pasayishi natijasida klemmalardagi kuchlanish EYuK dan kichik bo‘ladi. Quyida ayon bo’lmagan va ayon qutbli SG larda hosil bo‘ladigan EYuK larni ko‘rib o‘tamiz.
Ayon bo’lmagan qutbli SG yakor chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYuK lar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) asosiy magnit oqim Ф0hosil qilgan EYuK E0.
2) yakor chulg‘amining MYuK Fa yakorning magnit oqimi Фa ni vujudga keltiradi. Bu oqim, o‘z navbatida, yakor chulg‘amida o‘zinduksiya EYuK Ea ni hosil qiladi:
, (19.6)
bu yerda xa – yakor chulg‘amining induktiv qarshiligi;
3) tarqoq magnit oqimi Ф1 hosil qilgan EYuK E1:
, (19.7)
bunda x1 – yakor chulg‘amining tarqoq induktiv qarshiligi;
4) Фa va Ф1 magnit oqimlari yakor toki tomonidan hosil qilingani tufayli xa va x1 induktiv qarshiliklarni qo‘shish mumkin: xa x1 xs (bu yerda: xs – ayon bo’lmagan qutbli SM ning sinxron induktiv qarshiligi yoki to‘la induktiv qarshilik deyiladi). U holda
. (19.8)
5) Stator chulg‘ami aktiv qarshiligida kuchlanish pasayishi:
. (19.9)
Ayon bo’lmagan qutbli SG ning kuchlanishi yuqoridagi EYuK larning vektor yig‘indisidan iborat bo‘ladi:
yoki
. (19.10)
SM larning turli xil ish rejimlarini tahlil qilishda vektor diagrammalaridan keng foydalaniladi. Vektor diagrammani ikkita yo‘l bilan qurish mumkin. SG ning magnit to‘yinishi hisobga olinmagan hol uchun vektor diagrammani qurishda quyidagi kattaliklar, ya’ni: 1) salt ishlashdagi EYuK E0 ning qiymati; 2) yuklama toki I1 ning qiymati va bu vektor bilan EYuK Ea lar orasidagi siljish burchagi – ; 3) stator fazaviy chulg‘amining sinxron reaktiv xs va aktiv r1 qarshiliklari ma’lum bo‘lganda kuchlanish U1 ni aniqlash.
SG ning magnit to‘yinishi hisobga olingan hol uchun vektor diagrammani qurishda esa yuqoridagilarga qo‘shimcha holda stator chulg‘amining o‘ramlar soni w1 va mashinaning salt ishlash xarakteristikasi ham ma’lum bo‘lishi kerak.