U. T. Berdiev


§. Kondensatorli asinxron motor va uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni bir fazali manbadan ishlatish



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə80/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

16.2§. Kondensatorli asinxron motor va uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni bir fazali manbadan ishlatish
Kondensatorli asinxron motor. Bunday motorning statorida bir xil sondagi pazlarni egallagan va fazoda bir-biriga nisbatan 90 el. burchakka siljigan ikkita (normal rejimda «ishchi») chulg‘am bo‘ladi. Aylanma magnit maydonini olish sharti bo‘yicha u chulg‘amlarning o‘ramlar soni umumiy holda turli xil bo‘ladi. Shuni esda tutish lozimki, kondensator sig‘imining berilgan qiymati uchun yuklamaning faqat bitta qiymatida aylanma magnit maydoni olinib, boshqa yuklamalarda esa elliptik maydon hosil bo‘ladi va motorning ish rejimi yomonlashadi. Yuklamaning o‘zgarishi bilan kondensator sig‘imini ham rostlash zarur bo‘lib, bu holda motor sxemasi murakkablashadi.
A yrim hollarda aylanma maydon olish uchun ishga tushirish vaqtida va biror-bir yuklamada kondensatorlar parallel ulanadi. Yuklamada bitta kondensator ishlasa ishga tushirishda ikkala kondensator ham ulanadi.

Kondensatorli motorlarning FIK xuddi shunday quvvatli uch fazali asinxron motornikiga yaqin, cos esa hatto, katta bo‘lishi ham mumkin.


Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorlarni bir fazali asinxron motor sifatida ishlatish. Buning uchun uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni 16.2-rasmdagi sxemalar asosida ulash kerak bo‘ladi. Bu sxemalar bo‘yicha motorni ulash uchun chulg‘amlarning 6 ta uchlari ham tashqariga (klemmalar qutisiga) chiqarilgan bo‘lishi lozim. Bu rasmdagi sxemalar bo‘yicha ishlayotgan motor bir fazali motorga ekvivalent hisoblanadi. Uch fazali motor bir fazali motor sifatida ishlaganda uning quvvati uch fazali motor nominal quvvatining taxminan 70% ni tashkil qiladi. Bunday motorlar kichik yuklamada ishlaganda ularning texnik ko‘rsatkichlari nisbatan yomon bo‘ladi. Sxemalardagi (16.2-rasm) ishga tushirish qarshiliklari (sig‘im va aktiv qarshilik) motor ishga tushirilgandan keyin uzib qo‘yiladi. Agar sig‘im motorning ish jarayonida ham sxemada ulanib qolsa uning yuklama rejimida ishlashini yaxshilaydi.
Nazorat savollari
1. Bir fazali asinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipini so‘zlab bering. 2. Bir fazali motor qanday kamchiliklarga ega? 3. Uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni qanday qilib bir fazali motor sifatida ishlatish mumkin? 4. Kondensatorli asinxron motorning tuzilishi va ishlash prinsipi qanday? 5. Kondensatorli motorning xarakteristikalarini qanday qilib yaxshilash mumkin?
* * *



Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin