15.2§. Asinxron generatorning elektr tarmog‘i bilan parallel ishlashi 15.2,a-rasmda asinxron generatorning sinxron generator bilan parallel ishlash sxemasi ko‘rsatilgan. Bunda mashinalar va tarmoq orasida, hamda o‘zaro mashinalar orasida aktiv (P) va reaktiv (Q) energiyalarning yo‘nalishi strelkalar bilan ko‘rsatilgan. 15.2,b-rasmda sinxron generator ish rejimiga asinxron generatorning salbiy ta’siri yaqqol tasvirlangan. Kuchlanish vektori U1 ni sinxron generator (SG) bilan umumiy yuklamaga parallel ishlalayotgan asinxron generator (AG) ning kuchlanishi U1G deb hisoblash kerak. Bunday izohlashda U1G vektorini asinxron mashinaning stator chulg‘amiga berilgan tarmoq kuchlanishi vektori U1 ga nisbatan 180 ga burish kerak, va bu holda AG ning tok vektori IAGkuchlanish vektori U1 dan oldin keladi (15.2,b-rasm). AG da U1 dan oldin keladigan tokning reaktiv tashkil etuvchisi Ir.AG mavjudligidan SG da ham shunday tok bo‘lib, bu vektor esa kuchlanish vektori U1 dan orqada qolgan bo‘ladi. Shu sababli burchak SG> SG bo‘lib, natijada, cosSG nisbatan kamayadi (bu yerda SG – AG ulanmagan holdagi SG ning kuchlanish USG= U1 va tok ISG vektorlari orasidagi siljish burchagi). AG ni qo‘zg‘atish uchun tarmoqdan reaktiv energiyaning olinishi uning kamchiligi hisoblanadi, chunki u energiya manbasi bo‘lib ishlaganda, iste’molchilarga aktiv energiya bilan bir qatorda reaktiv energiya ham berishi (masalan, transformator va asinxron motorlarda magnit maydonni hosil qilish uchun) kerak bo‘ladi. Shu sababli AG lar ayrim hollarda kam quvvatli GES va shamol elektr stanstansiyalarida ishlatiladi.
Ta’kidlash lozimki, so‘nggi ilmiy izlanishlar natijalarining ko‘rsatishicha, elektr energetika tizimida katta quvvatli AG sinxron generatorlar bilan parallel ishlatilganda kam chastotali tebranishlarni so‘ndirishda ahamiyatli ekanligi isbotlangan.