b) Motorning aylanish chastotasini juft qutblar sonini o‘zgartirish bilan rostlash. Motorning aylanish chastotasi juft qutblar soniga teskari mutanosibda o‘zgaradi. Juft qutblar soni stator chulg‘amining ulanishi va chulg‘am qadamiga bog‘liq bo‘ladi.
14.7-rasmda stator chulg‘amining qutblar sonini o‘zgartirishning eng oddiy sxemasi keltirilgan. Bu sxema bo‘yicha stator chulg‘amining qutblar soni ikki marta o‘zgaradi. Bunda stator chulg‘amining har bir fazasi ikkiga bo‘linib, ketma-ket ulanishdan parallel ulanishga o‘tkaziladi. 1 va 2, 3 va 4-g‘altaklarning parallel ulanishi qutblar sonini ikki marta kamaytirib, motorning aylanish chastotasini ikki marta oshiradi. Agarda motorning aylanish chastotasini uch yoki to‘rt karra oshirish kerak bo‘lsa, u holda statorga qo‘shimcha yana bitta chulg‘am joylashtiriladi. Qutblar soni o‘zgartirilib, aylanish chastotasi rostlanadigan asinxron motorlarni ko‘ptezlikli motorlar deyiladi. Bunday motorlarning rotori qisqa tutashgan bo‘ladi. 14.7-rasmda stator chulg‘ami qutblar soni 2:1 va 8:4 nisbatlarga o‘zgaradigan sxemalar ko‘rsatilgan. Bu rasmdagi «c» sxema M2const, «d» sxema esa P2 const hollar uchun qutblar sonini o‘zgartiradi va motorning shu rejimlarga mos bo‘lgan mexanik xarakteristikalari ko‘rsatilgan. Katta o‘lchamga ega bo‘lish va tannarxining qimmatligi ko‘p tezlikli motorlarning kamchiliklari hisoblanadi. Bundan tashqari motorning aylanish chastotasini f 50 Hz = const bo‘lganda rostlash bir tekis bo‘lmay pog‘onali bo‘ladi va motorning juft qutblar soni р = 1; 2; 3; 4 larda stator chulg‘ami hosil qilgan aylanma magnit maydoni n1 ning aylanish chastotasi 3000: 1500: 1000 : 750 nisbatda o‘zgaradi.
v ) Sirpanishni o‘zgartirish yo‘li bilan asinxron motorning aylanish chastotasini rostlash. Sirpanish s ni o‘zgartirish uchun stator chulg‘amiga beriladigan kuchlanishni (12.5,a-rasm), uch fazali kuchlanish simmetrikligini (14.8-rasm) va rotor zanjirining aktiv qarshiligini o‘zgartirish (12.5,b-rasm) kerak bo‘ladi.
Motorga beriladigan uch fazali kuchlanish simmetrikligini o‘zgartirish uchun uning bitta fazasiga avtotransformator ulab shu fazaning kuchlanish qiymati o‘zgartiriladi. Bu holda teskari maydon ham vujudga kelib, natijaviy elektromagnit moment (M = Mto’g’ – Mtes) kamayadi; bu esa sirpanish s ni o‘zgartiradi (14.8-rasm). Aylanish chastotani rostlashning bu usuli faqat kam quvvatli asinxron motorlarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |