U. T. Berdiev


-Bob. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari va transformatorlarning parallel ishlashi



Yüklə 10,81 Mb.
səhifə22/163
tarix24.10.2023
ölçüsü10,81 Mb.
#160752
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163
29,07,17, EL.MASH darslik lotin

6-Bob. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari va transformatorlarning parallel ishlashi
6.1§. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlarini aniqlash
6.1-rasmda bir fazali transformatorning bitta o‘zagida joylashtirilgan ikkita (1 va 2) chulg‘amni bir xil magnit oqim (F) kuch chiziqlari tomonidan kesib o‘tayotgan hol ko‘rsatilgan. Agar chulg‘amlarning o‘ralish yo‘nalishi va uchlarining belgilanishi bir xil bo‘lsa (6.1,a-rasm), ularda hosil bo‘lgan EYuK lar (masalan, tekshirilayotgan payt uchun chulg‘amning oxiridan boshiga) bir xil yo‘nalgan bo‘ladi va, demak, faza bo‘yicha mos tushadi. Agar shu chulg‘amlardan bittasida, masalan, PK (2) chulg‘am uchlarining belgilanishi almashtirilsa, undagi hosil bo‘lgan EYuK ning chulg‘am uchlariga nisbatan yo‘nalishi teskariga o‘zgaradi, ya’ni bu holda «a» dan «x» ga yo‘nalgan bo‘lib, YuK va PK chulg‘amlar EYuK lari E­­1 va E2 faza bo‘yicha 180 ga siljigan bo‘ladi.
Chulg‘am uchlarini o‘zgartirmasdan bironta (masalan, PK) chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishini o‘zgartirganda ham E1 va E2 EYuK larning o‘zaro siljish fazasi 180 bo‘ladi. Shunday qilib, YuK va PK fazaviy chulg‘amlar EYuK lari orasidagi faza siljishi shu chulg‘amlar uchlarining belgilanishiga hamda o‘ralish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur chulg‘amlar bitta o‘zakda joylashtirilganda bu siljish 0 yoki 180 ga teng bo‘lishi mumkin. Uch fazali transformatorlarda chulg‘amlarning ulanish guruhlari YuK va PK chulg‘amlarga tegishli bir xil liniyaviy kuchlanishlari vektorlarining o‘zaro siljish burchagini ifodalaydi.
Chulg‘amlarning ulanish guruhini odatdagi (tsiferblatli, ya’ni doirachada 112 raqamlar ko‘rsatilgan) soatdan foydalanib aniqlash usuli amalda o‘ng‘ay hisoblanadi (bu usul stan-dartda ham belgilangan). Buning uchun, dastavval, soatni tasvirlovchi doira chizilib, uning raqamlari aylanaga teng taqsimlab belgilanadi.

Uch fazali transformatorning ulanish guruhi YuK va PK chulg‘amlarning liniyaviy EYuK vektorlari orqali aniqlanganligidan doiraga YuK chulg‘am uchun EYuK lar vektor diagrammasi chiziladi.



Buni quyidagi sxemalar uchun ko‘rib chiqamiz:
1. Transformatorning chulg‘amlari Y/Y sxemaga ulanganda YuK chulg‘am fazaviy EYuK larining vektor diagrammasi bir-biridan faza jihatdan 120siljigan uchta bir xil vektordan iborat bo‘lib, ularning uchlari o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan ulanganda tomonlari liniyaviy (fazalararo) kuchlanishni beradigan teng tomonli uchburchak hosil bo‘ladi.
Uchburchakning bitta (masalan, AB) tomoni YuK chulg‘amning liniyaviy EYuK vektoriga modul jihatdan teng (AB EAB) va soatning «12» raqamiga doimiy ravishda yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shu sababli YuK chulg‘amining vektor diagrammasiga oid uchburchakni doiraning markazidan «12» raqamga yo‘naltirilgan AB radiusni chizishdan boshlanadi (6.2,a-rasm). Shu uchburchakka oid boshqa ikki tomonining holatini aniqlash uchun uzunligi AB radiusga teng bo‘lgan BC vatarni B nuqtadan o‘tkazamiz. A, B va C nuqtalarni o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtirib teng tomonli uchburchak hosil qilinadi. Bu uchburchak medianalarining kesishgan nuqtasidan uning uchlarigacha bo‘lgan oraliq (chizmada vektor) YuK chulg‘am fazaviy EYuK larni beradi. YuK chulg‘am uchun aniqlangan fazaviy EYuK vektorlari transformatorning PK chulg‘ami uchun vektor diagrammani qurishda zarur bo‘ladi. Bunda YuK va PK chulg‘amlarning o‘ralish yo‘nalishi hamda fazaviy chulg‘amlarning boshi va oxirlarining belgilanishi bir xil bo‘lganida bir o‘zakka joylashtirilgan chulg‘amlarni bitta faza magnit oqimining kuch chiziqlari kesib o‘tganligi tufayli chulg‘amlarning EYuK lari fazaviy chulg‘amlarining oxiridan boshiga bir xil (musbat) yo‘nalgan holati tekshiriladi.
Ikkilamchi chulg‘am liniyaviy EYuK vektori Eab (bir fazali transformatorda fazaviy EYuK vektori Exa) YuK chulg‘amning liniyaviy EYuK vektori EAB ga (bir fazali uchun fazaviy EYuK vektori EXA ga) nisbatan 0 dan 360 oralig‘ida burchaklarga siljigani uchun 360 ni 12 ga bo‘lgandan chiqqan natija (30) ulanish guruhining birligi qilib qabul qilinadi. «Yulduz» sxemasiga ulangan PK chulg‘am EYuK lari vektor diagrammasini qurish uchun YuK chulg‘amning A fazaviy chulg‘am EYuK vektori E­­XA bilan mos tushadigan yo‘nalishda yordamchi MN punktir chiziq chiziladi (6.2-rasm) va uning doiradan yuqori qismida birorta nuqtani belgilab, shu nuqtadan PK chulg‘amning fazaviy EYuK vektorlari (Exa va Eub) ni YuK chulg‘am «A» va «B» fazalarining tegishli EYuK vektorlari (EXA va EYB) ga mos ravishda yo‘naltiriladi. Ularning uchlarini birlashtirib, liniyaviy EYuK vektori Eab hosil qilinadi. Guruhni aniqlash uchun shu vektorning yo‘nalishini aniqlash kifoya bo‘ladi.
PK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori Eab ning YuK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori EAB ga nisbatan siljishini aniqlash maqsadida PK chulg‘am uchun qurilgan vektor diagrammaning Eab vektorini o‘ziga parallel ravishda doiraning ichidagi YuK chulg‘am vektor diagrammasi tomon siljitishda uning «a» nuqtasi EAB vektorning «A» nuqtasi ustiga tushishi zarur.
EXA va Exa fazaviy EYuK vektorlar MN chizig‘i ustida yotganligidan «a» nuqtani «A» nuqta tomon surishda juda ham qulaylik yaratadi.

Chulg‘amlar YY ulangan hol uchun qurilgan vektor diagrammalar shu tartibda birlashtirilganda PK chulg‘amning liniyaviy EYuK vektori Eab YuK chulg‘amning liniyaviy EYuK vektori EAB bilan ustma-ust tushadi. Ularning orasidagi siljish burchagi 0 bo‘lgani uchun chulg‘amlarning ulanish guruhi 0 (0: 30 0) bo‘ladi (mazkur usuldagi sanoq tizimi 0 dan boshlanishi uchun «12» ni «0» bilan almashtirish tavsiya qilinadi). Uch fazali transformatorning ulanish guruhini soat yordamida aniqlash usulida PK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori (Eab) soatning kichik mili bilan belgilanadi va chulg‘amning ulanish guruhlariga qarab, soatning bu mili 12 (0) dan 11 gacha bo‘lgan turli butun sonlarni ko‘rsatishi mumkin (6.2-rasm).


2. Transformatorning YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa «uchburchak» sxemasi (6.2,e-rasm) bo‘yicha ulanganda YuK chulg‘amida o‘zgarish bo‘lmagani tufayli bu chulg‘am uchun vektor diagramma 6.2,a-rasmdagi bilan bir xil bo‘ladi (6.2,d-rasm).
Chulg‘amlari bir xil yo‘nalishda o‘ralgan, fazaviy chulg‘amlari uchlarining belgilanishi va bu chulg‘amlardagi EYuK larning yo‘nalishlari ham bir xil bo‘lgan PK chulg‘amda liniyaviy EYuK Eab miqdor jihatdan shu chulg‘am fazaviy EYuK Eub ga teng (Eab Eub), teskari ketma-ketlikda ulab «uchburchak» sxemasi hosil qilinganda esa Eab Ebu bo‘ladi).
6.2,d-rasmdagi PK chulg‘am uchun vektor diagrammani qurishda yordamchi MN chizig‘ining doiradan yuqori qismida bironta nuqtadan YuK chulg‘amning «B» fazaviy EYuK vektori EYB ga parallel qilib, unga mos yo‘nalishda Eab  Eub vektori chiziladi. Boshqa fazalarga oid EYuK vektorlarni ham shunday tartibda chizish mumkin. So‘ngra PK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori Eab ni o‘ziga parallel qilib, uning «a» nuqtasi YuK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori EAB ning MN chizig‘i ustidagi A nuqtasi bilan ustma-ust tushgunga qadar siljitiladi. Bu holda Eab vektor soatning «11» raqamiga yo‘nalgan holatni egallaydi. Demak, transformator chulg‘amlarining ulanish guruhi 11 ekan. EAB vektoridan boshlab soat milining aylanishi bo‘yicha burchakni o‘lchab, uni 30 ga bo‘lganda ham shu natija (330:30  11) olinadi.

Yüklə 10,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin