6.2§. Uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash va ularning qo‘llanish sohalari 1. Ulanish guruhlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash usullari. A. Fazometr usuli. Bu usul YuK va PK chulg‘amining mos liniyaviy kuchlanishlari (yoki EYuK lari) orasidagi faza siljish burchagini fazometr () yordamida bevosita o‘lchashga asoslangan (6.4,a-rasm). Fazometrning parallel chulg‘ami (U-U)ni transformatorning YuK tomoniga, ketma-ket chulg‘ami (I-I)ni esa PK tomoniga ulanadi. Ketma-ket chulg‘amidagi tokni cheklash uchun uni qo‘shimcha qarshilik rqo′sh orqali ulanadi. So‘ngra transformatorning YuK chulg‘ami uch fazali simmetrik kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘lchash qulay bo‘lsin uchun fazometrning shkalasi 360 gacha bo‘lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.
B. Voltmetr usuli. Bu usulda chulg‘amlarning liniyaviy kuchlanishlari (yoki EYuK lari) orasidagi siljish burchagi o‘lchanmaydi. Demak, u bilvosita usul bo‘lib, YuK va PK chulg‘amlarning bir xil nomli uchlariaro kuchlanish (yoki EYuK) larni o‘lchashga asoslangan.
6.4-rasm. Transformatorning ulanish guruhini tajriba yo‘li bilan fazometr (a) va voltmetr (b) usullarida aniqlash sxemalari; c – tajribaviy-grafik usuli uchun diagramma qurish
Agar YY-0 (6.4,b-rasm) ulanish guruhi tekshirilsa YuK va PK chulg‘amlarning «A» va «a» uchlarini sim bilan ulab UBb va UCc kuchlanishlar o‘lchanadi. O‘lchangan kuchlanishlar quyidagi:
UBb UCc Uab (kl – 1) (6.1)
tenglamani qanoatlantirsa (bunda kl UABUab – liniyaviy kuchlanishlarni transformatsiyalash koeffitsienti), ulanish guruhi YY – 0 ga mos keladi. Boshqa guruhlar uchun esa quyidagi tenglamalar bo‘yicha tekshiriladi:
YY – 6 guruh uchun – UBb UCc Uab(kl 1), (6.2)
Y – 11 guruh uchun – UBb UCc Uab (6.3)
Y – 5 guruh uchun – UBb UCc Uab (6.4)
(6.26.4) tenglamalarda Uab va Uab– PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari.
Agar o‘lchangan kuchlanishlar keltirilgan formulalarni qanoatlantirmasa, demak, transformator chulg‘amlarining uchlari noto‘g‘ri belgilangan bo‘ladi.
V. T a j r i b a v i y – g r a f i k u s u l i. Transformatorning ulanish guruhini bu usulda aniqlash uchun YuK va PK chulg‘amlarning bir xil nomli (masalan, «A» va «a») qisqichlarini o‘zaro birlashtirib (6.4,b-rasm) transformatorning YuK chulg‘amini simmetrik uch fazali kuchlanish manbasiga qo‘shilib, liniyaviy hamda UBb, UCc, UCb va UBc kuchlanishlari o‘lchanadi.
Olingan natijalar bo‘yicha tanlangan masshtabda YuK chulg‘amning liniyaviy kuchlanishlar teng tomonli uchburchagi quriladi. Bu uchburchakning B va C nuqtalaridan sirkul bilan UBb va UCb radiuslarida 2 ta yoy chizilsa kesishgan nuqtalari ularning PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari uchburchagining «b uchini hosil qiladi. Agar UCc va Ubc radiuslarida yoylar chizilsa, izlanayotgan uchburchakning "c" uchini beradi.
Sxemada «A» va «a» uchlar o‘zaro ulanganligidan ularning potensiallari bir xil bo‘ladi. Aniqlangan «a», «b», «c» nuqtalarni birlashtirib, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagi "abc" ni hosil qilamiz. Agar yuqorida belgilangan qoidaga binoan YuK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining AB tomoni soatning 12 raqamiga yo‘naltirilsa, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining «ab» tomoni ulanish guruhini aniqlaydi.